Vaqt mashinasi
29 december 2025

29 dekabr – SSSR tashkil topgan kun

1922 yil 29 dekabrda imzolangan SSSRni tashkil etish to‘g‘risidagi shartnoma XX asr siyosiy xaritasini butunlay o‘zgartirib yuborgan hujjat bo‘ldi. Bu voqea nafaqat Rossiya, balki butun Markaziy Osiyo, jumladan, O‘zbekiston taqdiriga ham bevosita ta'sir ko‘rsatgan.

1920-yillarning boshiga kelib, sobiq Rossiya imperiyasi hududida fuqarolar urushi yakunlanayotgan edi. Bolsheviklar hokimiyatni qo‘lga olgan bo‘lsa-da, turli hududlarda alohida sovet respublikalari (Rossiya, Ukraina, Belorussiya va Kavkaz federatsiyasi) mavjud edi. 

Rus bolsheviklariga ko‘ra ularni yagona markazga birlashtirish uchun bir qancha sabablar bor edi. Tarqoq respublikalarni tiklash va yagona xo‘jalik tizimini yaratish. Tashqi xavflardan himoyalanish uchun yagona armiya zarur edi. «Butun dunyo proletarlarini» yagona bayroq ostida birlashtirish g‘oyasini Rossiyaning eski mustamlakalari hududila amalga oshirish zarur edi.

Ittifoqni tuzish borasida ikkita asosiy loyiha o‘rtasida bahs ketgan: 

Iosif Stalinning «Avtonomiyalashtirish» rejasiga ko‘ra, Ukraina, Belorussiya va Kavkaz respublikalari Rossiya (RSFSR) tarkibiga muxtor (avtonom) o‘lka sifatida kirishi kerak edi. Bu amalda Rossiyaning hukmronligini anglatardi.

Vladimir Lenin Stalinning fikriga qarshi chiqib, barcha respublikalar teng huquqli bo‘lishi va ular ixtiyoriy ravishda yangi ittifoqqa birlashishi kerakligini ta'kidladi. Yakunda Leninning loyihasi qabul qilindi.

1922 yilning 29 dekabr kuni to‘rtta respublika (RSFSR, Ukraina SSR, Belorussiya SSR va Zakavkaze Sotsialistik Federativ Sovet Respublikasi — Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya) davlat delegatsiyalari konferentsiya o‘tkazib, SSSRni tashkil etish to‘g‘risidagi Deklaratsiya va Shartnomani ma'qulladilar.

Ertasi kuni, 30 dekabr kuni Sovetlarning Butun ittifoq I s'ezdida ushbu hujjatlar rasman tasdiqlandi.

Shartnomaning asosiy qoidalari

Ushbu hujjatda keyinchalik SSSRning parchalanishiga huquqiy asos bo‘lgan muhim bir band bor edi:

  • Har bir respublikaning Ittifoq tarkibidan erkin chiqish huquqi saqlab qolindi.
  • Tashqi siyosat, tashqi savdo, mudofaa va moliya masalalari markaziy hokimiyat ixtiyoriga berildi.

O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning o‘rni

1922 yilda SSSR tuzilayotgan vaqtda hozirgi O‘zbekiston hududi hali yagona respublika emas edi. U paytda Turkiston ASSR (RSFSR tarkibida edi).

Bundan alohida suveren shaklda Buxoro va Xorazm Xalq Sovet Respublikalari mavjud edi.

Oradan ikki yil o‘tib, 1924 yilda o‘tkazilgan «Milliy-hududiy chegaralanish» natijasida O‘zbekiston SSR tashkil topdi va u ham SSSR tarkibiga «teng huquqli» respublika sifatida kirdi.

Bu shartnoma dunyo xaritasida 69 yil davomida mavjud bo‘lgan ulkan davlatga asos soldi. Lekin 1922 yilgi shartnomada belgilangan «ixtiyoriy birlashish» va «chiqish huquqi» qog‘ozda qolgan bo‘lsa-da, 1991 yilda respublikalar mustaqillik e'lon qilayotganda aynan shu huquqiy asoslarga tayanishgan.

Tag‘in o‘qing
30 may 2019
Lotin alifbosiga kiritilayotgan o‘zgartirishlar haqida nega jimsiz deb so‘rashyapti. Umuman, oxirgi paytlar til mavzusini to‘xtatib turaman. Tillarga, shu jumladan, ...
7 october 2022
Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana xafta aylanib siz bilan birgaman. Kuz kelib to‘y-to‘ychiq ko‘paygan payt… MS: Tuz ...
8 august 2024
Suratda afg‘onistonlik sportchi ayol Kamiya Yusufi. Parij-2024 Olimpiadasida Kamiya Yusufi Tolibon hukumatiga murojaat qildi. 100 metr masofadagi dastlabki poygadan ...
15 june 2016
Qo‘lga olinganlarning uch nafari O‘zbekiston fuqarosidir. Qaxramonmarash politsiyasi tarqatgan ma'lumotga ko‘ra IShID terror tizimi faollariga qarshi qaratilgan tadbir davomida ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...