Video
29 august 2016

O‘zbek artistlari prezident kasalligi haqidagi xabarni rad qilishdi

O‘zbekiston tarixida ilk bora Vazirlar mahkamasi mamlakat rahbarining sog‘ligi haqida chiqargan baënot ortidan O‘zbeknavo litsenziyasi bilan faoliyat yuritaëtgan artistlardan bir nechtasi Karimov soppa-sog‘ degan iddao bilan chiqdi.

Shahzoda (Zilola Musaeva) Munisa Rizaeva Shohruhxon, Halimaxon, Ulug‘bek Rahmatullaev, Jahongir Poziljonov kabi shou-biznes vakillari o‘z tasarrufidagi ma'lumotlarga tayanib O‘zbekiston Axborot agentligi baënotini ëlg‘onga chiqarishdi.

“Har-hil gap so‘zlarga ishonmanglar yurtboshimiz sog‘ salomat” deya ta'kidlagan honanda Munisa Rizaevaning gapini boshqalar ham takrorlaydi.

Teatr sohasida oliy ma'lumotga ega Halimaxonim esa O‘zbekistondagi boshqaruv tizimining monarxiya emas respublika ekanidan bexabarligini bildirib qo‘ygan.

Halimxonim O‘zbekiston prezidentini podshox deya atagan va uning salomatligiga shubha bildirganlarning go‘riga g‘isht qalagan.

Shou-biznes vakillariga “Karimov kasal emas” degan aktsiyani o‘tkazishga O‘zbeknavo estrada birlashmasi buyruq bergani haqida ma'lumotimiz yo‘q.

Yakshanba kuni tarqatilgan O‘zbekiston Axborot agentligi ëyinlagan rasmiy baënotda aytilishicha, Islom Karimov “statsionar davolanishda” qolmoqda.

O‘zbekiston Vazirlar mahkamasi tarafidan tayërlangan baënotda “Mutahassislar fikriga ko‘ra, to‘la tibbiy ko‘rik va muolaja uchun talay vaqt lozim” deyiladi.

Islom Karimov 1989 yilda Kreml tarafidan O‘zbekiston Kompartiyasiga birinchi kotib qilib tayinlanganidan beri O‘zbekistonni boshqarib keladi
Karimov davrida O‘zbekiston so‘z erkinligi bo‘g‘ilgan, inson huquqlari toptalgan va muholifat qatag‘on qilingan repressiv mamlakat sifatida tanildi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
28 april 2021
Davlat soliq qo‘mitasi va uning tarkibiy bo‘linmalari xodimlari birlashgan kasaba uyushmasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboevni sudga ...
29 april 2016
«Hurriyat» gazetasida Xalqaro yoshlar birdamlik kuni munosabati bilan e'lon qilingan maqolada bugungi kunda dunyo yoshlari muammolar girdobiga botib qolgani, ...
6 september 2016
Yulduz Usmonova 5 sentyabr kuni yutub kanaliga qo‘ygan yangi videomurojaatida Karimovning janozasi haqida gap boshlab, unga dunyoning butun podsholar ...
24 june 2018
Rossiyalik futbol sharhlovchisi Vasiliy Utkin Argentina-Xorvatiya o‘yini paytida xalqaro nufuzi baland bo‘lgan o‘zbekistonlik referi Ravshan Ermatovni «eshakning o‘g‘li» deya ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...