Video
6 february 2018

Turkiyadan O‘zbekistonga qoradori tashiëtgan olti o‘zbek ushlandi (video)

Istanbuldagi Otaturk qo‘nalg‘asida 1 kilo 75 gramm qoradorini Toshkentga olib ketaëtgan 35 yashar O‘zbekiston vatandoshi S.K ushlandi.

Turkiyadagi «Hurriyat» gazetasining Istanbul politsiyasiga tayanib habar qilishicha, 28 yanvar kuni Istanbul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchaëtgan o‘zbekistonlik go‘sht qiymalagich va changyutgich ichiga qoradori yashirib o‘tkazaëtgan paytda qo‘lga olingan.

O‘sha kunning o‘zida Istanbuldan Qozog‘istonga uchaëtgan 29 yashar J.I va 55 yashar Z.R ismli O‘zbekiston vatandoshlari ham non isitadigan jihoz ichiga 517 gramm qoradorini olib o‘taëtgan paytda qo‘lga olingan.

Shuningdek, ularning Istanbulning Fotih mahallasidagi mehmonxonada qolgan 3 nafar sherigi ham uyushgan jinoyatchilikda ayblanib hibsga olindi.

Norasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, Turkiyadagi o‘zbeklar soni yuz minglarni tashkil qiladi. Mahalliy matbuotda o‘zbek migrantlari sodir qilaëtgan talonchilik, fohishabozlik, qotillik kabi jinoyatlarni kunora o‘qish mumkin.

Video: https://youtu.be/P2IY2_1Fv_0

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
24 december 2020
Odatda revizor taftish qilaëtgan sub'ekt hali qamoqqa olinmagan va ko‘p hollarda o‘z jinoiy faoliyatini oshig‘ich g‘ayrat bilan davom qildiraëtgan ...
7 january 2026
Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasida yuz berayotgan qonunbuzarliklar haqida mmurojaatda aytilishicha, general-mayor Tohir Aripov viloyat IIBga yangi rahbar etib  ...
2 october 2015
Kecha sharmandali bir voqeaning guvohi buldim. Yozyovon yo‘lidagi Shahartepa qishlog‘iga bir ish bilan bordim. Yo‘lning ikki chetini 100 dan ...
12 september 2023
(Bir to‘y haqida o‘y) Qo‘shiqchi Munisa Rizaevaning to‘yiga bir million dollarning tepasida rasxod bo‘ldi. Pulni Munisa Rizaevaning o‘zi o‘n ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...