Asosiy mavzular
29 may 2018

Xorazm va Qoraqalpog‘istonga chang to‘foni aralash tuz yog‘di

Favqulodda vaziyatlar va sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiylari tuz bo‘ronidan jabrlangan Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatiga uchib kelishdi.

29 may kuni Orol dengizidan qaytgan mahalliy ekologlardan biri Oktyabr Dospapovning yozishicha, 26-28 may kunlari dengiz satxida ilgari kuzatilmagan miqyosda to‘fon ko‘tarilgan, tuz aralash chang yomg‘iri Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyati hududlariga yog‘ilgan.

«Ekologik haloqat yoqasidagi dengiz aftidan, – agar «sizlar kelmasangiz, men boraman» qabilida ish tutayapdi», deydi nukuslik ekolog Oktyabr Dospanov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir Nukus ko‘chalarini shlang bilan yuvishayapti. Biroq tabiiy ofatdan bahorgi ekinlarga yetgan zarar miqdori hali noma'lum.

Xorazm viloyatining Shovot shahrida yashovchi fermer ayolning aytishicha, chang to‘foni ko‘tarilgan kunlari ko‘chaga bolalarni chiqarishmagan, ko‘chada yurish, nafas olish nihoyatda qiyin bo‘lgan.

Bugunga kelib dorixonalarda yuzga to‘siladigan oddiy resperatorlarni topishning iloji bo‘lmayapti.

«Oppoq tuz aralash chang yog‘di osmondan. Bir metr narini ko‘rib bo‘lmasdi. Shu kuni yuzimizni doka ro‘mol bilan to‘sib chiqdik tashqariga» deydi u.

Uning aytishicha, dalalar, bog‘larga yoqqan changli tuz natijasida mevali daraxtlar qurib, qovjirab qurib qolgan.

Xorazm viloyati Urganch shahrining oppoq tuz qoplagan manzaralari aks etgan suratlari videolari ijtimoiy tarmoqda tarqaldi

Manzara huddi tabiiy ofat aks etgan qo‘rqinchli filmlaridagi kabi bo‘ldi. Huddi vulqon otilganidan so‘ng, lava kukuni shaharga yog‘ilgan kabi holat bir sutka davom etdi» deydi «Eltuz»ning Urganchdagi yana bir suhbatdoshi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
12 july 2017
Andijonda havo harorati ko‘tarilgan sayin odamlar favvoralar yoni va suv bo‘ylariga o‘zini urmoqda, ob havo darajasi haqidagi rasmiy ma'lumotlarga ...
20 april 2018
Prezident Mirziyoev 18 aprelda imzolagan qarorga ko‘ra, O‘zbekistonda amaldagi davlat raqamlarini xalqaro namunadagi raqamlarga almashtirishni ko‘zda tutuvchi transport vositalarini ...
18 march 2016
“Pravda vostoka” gazetasining yozishicha, o‘tgan yili “O‘zavtoyo‘l” aktsiyadorlik kompaniyasi korxona va tashkilotlari umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish va ta'mirlashga ...
20 april 2023
Oliy sudda sovet davrida qatag‘on qilingan yana 208 nafar shaxs oqlandi. 30 yil kechikkan bo‘lsa ham olqishga loyiq ish.  ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...