Catira
1 february 2019

To‘ytepada yiqilgan qush

Kichkinagina moviy qushcha gaz yo‘q, chiroq yo‘q O‘zbekistondan issiq o‘lkalarga uchib ketmoqchi bo‘ldi.

U inidan chiqib osmonga parvoz qildi. Ammo sovqotib, To‘ytepadagi katta dala o‘rtasiga pot etib yiqilib tushdi.

O‘sha yerda yurgan sigir qushning ustiga tezaklab ketdi.

Sigirning bug‘i chiqib turgan, issiqqina tezagi ichida ëtib, qushchaning joni yayradi.

Sigir tezagi uni haëtga qaytargan edi.

Tezak ichida issiqqina yashashdan baxtiër bo‘lgan qushcha sayrab yubordi. U sayrab-sayrab o‘z quvonchini izhor qildi.

O‘sha yerda yurgan mushuk qush ovozini eshitib tezakni titdi. Qushni panjalari bilan tezakning ichidan chiqarib olib yeb yutdi.

Bu qissadan to‘rtta saboq chiqadi.

  1. Mamlakatdan surishdan oldin imkoniyatni chamalang. Balki ketmay chidab turish sizga foydadir.
  2. Sizning ustingizga tezaklaganlarning hammasi ham dushman emas.
  3. Axlat ichidan sizni qutqarganlarning hammasi ham sizga do‘st emas.
  4. Issiq va rohat joyda o‘tirganingizda og‘zingizni yumsangiz, tilga ortiqcha erk bermasangiz, sizga yaxshi bo‘ladi.

Assalom, O‘zbekiston, juma muborak!

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
3 february 2020
Qashqadaryo viloyatida 30 yanvar kuni Chiroqchi tumani IIB binosidagi gumondor o‘limi yuzasidan brifing bo‘ldi. Ichki ishlar vaziri axborot xizmati ...
31 october 2016
Bu yil ham O‘zbekistonda paxta terimiga voyaga yetmagan bolalar jalb etilgani qayd etildi. Biroq har safargidek o‘zbek hukumati amaldorlari ...
9 january 2026
Albert Eynshteyn O‘zbekistondan Parijga kelgan raqqosaning qo‘l ro‘moliga ëzgan formula nima edi? Bu formula vaqt tuynugi borligini ko‘rsatuvchi eng ...
4 december 2025
(hajviya) Boylar “Kambag‘allik qursin, qachongacha tomi yo‘q moshinu, dunyoni boshqaradigan telefon ishlataman” deb noliyotgan zamonda, peshtaxtaga “haydovchi, oq yo‘l” ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...