Asosiy mavzular
27 january 2020

Chiroqchida IIBning gumonlanuvchini o‘ldirgan 5 xodimi qamaldi

Qashqadarë viloyati Chiroqchi tumani IIB qidiruv bo‘limining besh nafar xodimi gumonlanuvchini so‘roq paytida urib o‘ldirib qo‘yganlikda ayblanib hibsga olindi.

«Eltuz» tasarrufidagi tergovgacha surishtiruv hujjatlarida ëzilishicha, joriy yilning 23 yanvar tungi soat birlarda 32 yashar gumonlanuvchi Yusuf Abdurahmonov IIB binosida o‘lgan. 

Hujjatlarga ko‘ra, Langar qishlog‘ida mol o‘g‘irligida gumonlanib hibsga olingan Abdurahmonovning jasadi Chiroqchi tumani IIB JQ guruhi tezkor vakili, 30 yoshli katta leytenent Bekzod Ochilovning 3- qavatdagi kabinetida topilgan.

Gumonlanuvchi o‘limi yuzasidan Qashqadarë prokuraturasi tekshiruv boshladi. Kuzatuv kamerasi tasvirlari o‘rganilmoqda. Bu o‘lim bilan bog‘liq jinoyat ishi figuranti sifatida Chiroqchi tumani IIBning besh nafar xodimi qamoqqa olingan.

Abdurahmonovning jasadi viloyat prokuraturasi xodimlari tomonidan ko‘zdan kechirildi. «Eltuz»da mavjud bo‘lgan hujjatda ëzilishicha, marhumning chap ko‘zi, chap yelkasi, chap bilagi va ikkala qo‘li yuza qismida shafqatsiz qiynoq alomatlari mavjud.

“Aybiga iqror” qilishning o‘zbekcha modeli

Langar MFY To‘laqul qishlog‘ida 2019 yilning ëzida beshta ho‘kizni kim o‘g‘irlaganini aniqlash maqsadida shu tumandagi o‘nlab turg‘unlar olti oy davomida IIB binosiga olib kelinib, so‘roq qilinavergan. 

Shunday gumonlanuvchilardan biri (hozirda marhum) Yusuf Abdurahmonov 2020 yilning 22 yanvar kuni kechqurun soat to‘qqizlarda qo‘liga kishan solingan holda tuman IIB ma'muriy binosiga olib kirilgan. 

Kuzatuv kameralarida Abdurahmonov katta leytenant Ochilov yetovida binoga olib kirilgani aks etgan. 

Hujjatlarga ko‘ra, Ochilov gumonlanuvchi Abdurahmonovni bino uchinchi qavatidagi o‘z xonasiga kirgizib, mayor, 31 yashar Nurbek Ovlaev va IIB JQ guruhi tezkor vakili, 35 yashar kapitan Anvar Jonqobilov qo‘liga topshirgan.

Hujjatlarda katta leytenent Ochilovning chiqib ketgani aytiladi (ammo kuzatuv kamerasi tasvirlarida buning aniq dalili yo‘q).

Tergovgacha surishtiruv baënnomasida ëzilishicha, 22 yanvar 23.30da mayor Ovlaev va kapitan Jonqobilov gumonlanuvchi Abdurahmonovning sog‘lig‘i so‘roq paytida birdan ëmonlashganini IIB FMB boshlig‘i birinchi o‘rinbosari Mengnorovga bildirishadi. Chaqirilgan shifokorlar tomonidan Abdurahmonovning o‘limi qayd qilinadi. 

23 yanvar kungi ma'lumotnomada ëzilishicha, “marhumni so‘roq paytida urib qiynab o‘ldirgan Ovlaev va Jonqobilov noma'lum tomonga qochib ketib qolishgan”. Ma'lumotda Ovlaev va Jonqobilov qidiruvga berilganini ëziladi. «Eltuz»ga 27 yanvar kuni ma'lum bo‘lishicha, mayor Ovlaev va kapitan Jonqobilov doxil IIBning yana uchta xodimi qo‘lga olingan.

Qashqadarë prokuraturasi ushbu jinoyatni o‘rganmoqda.

Mazkur hodisa yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan.

Bundan oldin, 2013 yilda Yakkabog‘ tumani Chordara qishlog‘ida yashovchi 32 yoshli Husniddin Oqqo‘ziev Chiroqchi tumani ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan qiynoqqa solinishi oqibatida o‘lgan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
26 august 2022
30 yildirki sargardonlikda, avval Norvegiyada keyin Turkiyada yashayotgan Muhammad Solih yangi kulliyoti – asarlar to‘plami ustida ishlamoqda. Unga bir ...
19 february 2018
Ichki ishlar vaziri, 57 yoshli Po‘lat Bobojonov o‘tgan yili «IIVning 230 nafar xodimi jinoiy javobgarlikka tortilgani, 8 ming 32 ...
22 january 2019
Hukumatning fermerlik uchun ajratilgan yer maydonlarini maqbullashtirish to‘g‘risidagi qarori shunday ham ahvoli og‘ir bo‘lgan fermerlarni yana bir sinov qarshisida ...
7 march 2020
O‘tgan yil oxirrog‘ida Moskvaga yo‘lim tushdi. Chumchuqtepada, universitetga yaqin Mosfilm ko‘chasida turdim. Eyr bin bin qilib. Yo‘llarda aku bilan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...