Asosiy mavzular
22 december 2020

Ayol rashk sabab o‘zi va bolalarini suvga tashlamoqchi bo‘ldi

Joriy yilning 15 dekabrida 35 yoshli Z.B. uch o‘g‘lini va o‘zini suvga tashlamoqchi bo‘lgan vaqtda Sirdaryo viloyati Shirin shahri ekologiya bo‘limi xodimlari tomonidan to‘xtatib qolingan. 

Shirin shahri hokimligining “Eltuz” muxbiri bilan gaplashgan xodimi bu voqea Sirdaryo viloyatida sodir bo‘lmaganini bildirdi. 

– Voqea Shirin shahrining “Farhod” MFY hududidan o‘tadigan Do‘stlik kanali ko‘prigining Toshkent viloyati Bekobod tumani tomonida yuz bergan,  – dedi hokimlik xodimi. – Ayol ham sirdaryolik emas, noto‘g‘ri talqin qilmang. Qolaversa, rashk tufayli nimalar bo‘lmaydi hayotda. Bizning ekologlarimizga rahmat aytish kerak to‘rt fuqaroning jonini saqlab qolgani uchun. 

Ijtimoiy tarmoqlarda bu voqeaga oid tarqatilgan videotasvir qahramoni bo‘lgan ayol va farzandlari Bekobod tumanidagi “Turkman” MFYda doimiy istiqomat qiladi. 

Sirdaryo viloyati Shirin shahri ichki ishlar bo‘limi hamda “Farhod” mahalla fuqarolar yig‘ini xodimlari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlardan ma'lum bo‘lishicha, ona turmush o‘rtog‘i S.B.ning begona ayol bilan telefon orqali qilgan suhbatlarini eshitib qolgan. Jahl ustida va eridan o‘ch olish maqsadida shu ishni qilgan.

Videoda aytilishicha, ayol bolalarini bozorga olib borgan. O‘yinchoq olib bergan. Bozordan uyga qaytishda kanalga yaqinlashganda avtoulovdan tushib qolgan. Avval o‘zini, keyin bolalarini suvga tashlamoqchi bo‘lganda atrofni o‘rganayotgan ekologlar tomonidan harakat to‘xtatib qolingan. 

Ayol videoda: “Avval o‘zimni, keyin bolalarimni tashlamoqchi edim. Charchab ketdim. Hayotdan charchab ketdim. Kurashaverib charchadim. Odamlar tirnoqqa zorligini erim bilmaydi”, deydi ko‘zida yosh bilan. 

Bekobod tumani IIB hamda “Turkman” MFY xodimlari “Eltuz” bilan suhbatda voqea o‘rganilayotgani va hozircha biror bir ma'lumot taqdim etilmasligini bildirdi. 

Mahalla xodimlari ushbu ayol biror marta eridan shikoyat qilmagani, uning nomidan birorta murojaat kelmaganini aytish bilan cheklandi.

Eltuz.com  

Tag‘in o‘qing
2 november 2018
Vladimir Jirinovskiy boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasi 2 noyabr kuni Buxoroga keldi. Rossiya Davlat dumasi deputatlaridan iborat delegatsiyani, O‘zA xabariga ko‘ra, ...
23 may 2023
Din ishlari qo‘mitasi “hajga yuboraman” degan «aprslar» gapiga ishonmanglar, deb, “lo‘xlar”ni ogoxlantirdi. Ammo lo‘x va aksar qashshoqlar to‘g‘ri gapga ...
16 january 2023
Hali rasman tasdiqlanmagan xabarga ko‘ra 15 yanvardan 16 yanvarga o‘tar kechasi ishdan olingan sobiq hokim Jahongir Ortiqxo‘jaev 16 yanvar ...
4 october 2017
4 oktyabr kuni tushdan keyin 67 yoshli mahkum jurnalist Solijon Abdurahmonov Qarshidagi Shayxali qamoqxonasidan ozod etildi. Foto: Huquq faoli ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...