Asosiy mavzular
24 february 2021

Ish bormi?

Bu O‘zbekiston. Mana bu esa uning musaffo osmoni. Bu oldingi o‘zbek aëllari,ular uchtadan tug‘ardi. Hozir bu bolalar Rossiyada.

“Mening otim Islom”.

“Mening otim “Karim”.

«Mening otim Abdug‘ani, biz ko‘cha supuramiz”.

 Bu esa bugungi o‘zbek aëllari. Ular ham faqat uchtadan tug‘adi.

Birinchi ayol: «Bu bachalarning otini Shavkat, Mirzië, Miromon qo‘ydim».

Ikkinchi aël: «Bu qizlarning oti Saida, Shahnoza va Ziroat».

Musaffo osmon ostidagi bu odamlardan hol so‘raymiz.

Chol: “Xudoga shukur, yashash zo‘r”.

Kampir: “Poshshomiz omon bo‘lsin”.

Xudoga shukur qilaëtgan odamlar qator bo‘lib turishibdi. Bular qaerga ketyapti?

Chol: “Pensiya oz. Ish izlab ketyapman”.

Kampir: “Men ham bir ishning boshini tutay”.

Juvon: “Bolalarni boqish uchun ishlamasam bo‘lmaydi”.

Zavod binosi. Uning oldiga navbat bilan odamlar kelyapti. Zavod eshigi oldida turgan mulozim oldiga bir odam keladi.

– Ish bormi?

– Ish yo‘q.

Kampir keladi

– Ish bormi, bolam?

– Ish yo‘q.

Bir ëshroq yigit kelib so‘raydi:

– Ish bormi, amaki? Mulozim unga qarab, “ish bor”, deydi.

Bolaning ko‘zlari kattalashib, xursand bo‘ladi. Kadrda ajablangan mayus qiëfalar. Mulozim: “Uka, ertadan men pensiyaga chiqaman, sen shu yerda ish yo‘q, deb turasan».

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
6 june 2016
O‘quvchilarimizga ma'lumu mashhur Quddus A'zamovning navbatdagi bir ko‘rsatuvi «Tinchlik uchun kurashmoq kerak» mavzusiga bag‘ishlandi. Ana tok shou, mana tok ...
10 february 2020
Madaniy meros ob'ektlari ro‘yxatiga kiritilgan Toshkent davlat yuridik universiteti binosining mehmonxonaga aylanish ehtimoli tarixchi va me'morlar tashvishiga sabab bo‘ldi. ...
4 september 2017
O‘zbekiston muxolifati lideri Muhammad Solih Interpol qidiruv ro‘yxatidan chiqarildi. Bu haqda Muhammad Solihning o‘zi Eltuz muxbiriga aytib berdi. Solihga ...
22 july 2025
2024 yil oxirida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Botir Zohidovning huquqiy asosdan xoli buyrug‘i natijasida davlat byudjetiga 2 milliard ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...