Asosiy mavzular
12 june 2022

Zamonaviy san'at Yangi O‘zbekistonning joziba markazi

Avangard san'atning minglab qimmatli namunalari saqlanaëtgan o‘zbek muzeylari va mamlakatda faol ijod qilaëtgan 500 dan ortiq rassom ijodi O‘zbekiston uchun joziba markazi bo‘la oladi. Yiliga 90 millionga yaqin turist faqat Mona Lizani ko‘rish uchun Frantsiyaga safar qiladi.

Urganch muzeyida Bi bi si muxbiri Ibrat Safo galereya muhofizi Shirin Toshevga rassom Shuhrat Bobojon asarlarini osishda yordam bermoqda

O‘zbekiston muzeylaridagi asarlar ham targ‘ib qilinsa dunë san'atsevarlarini o‘ziga jalb qila oladi.
Nukusdagi Savitsskiy muzeyi misolida bu xolat o‘z isbotini topdi. Ayni paytda Urganch¸ Samarqand va Toshkent muzeylaridagi asarlar va rassomlar ijodini chet ellarda targ‘ib qilish imkoni to‘la realizatsiya qilinmagan.
Ayniqsa 1984 yilda tashkil qilingan va shu kungacha deyarli noma'lum qolgan Urganch muzeyidagi zamonaviy san'at kollektsiyasi targ‘ibga muxtoj.

(chapdan o‘ngga)- Tursunali Karimovich Qo‘ziev, Shirin Tosheva, Yunus Safar Diyor

Shu bilan birga dunëdagi yetakchi modern art markazlari va rassomlarni O‘zbekistonga jalb qilish ortidan mamlakat jozibasini yanada oshirish imkoni bor.

Yunus Safar Diërning «Qichqiriq» asari Urganch muzeyi oldiga o‘rnatilishi rejalandi

O‘zbek muzeylaridagi muxofizlar va san'atshunoslarni dunë standartlariga mos tarzda malakasini oshirish zarurati ham mamlakat rahbari yaqinda imzolagan qarorlarda ko‘rsatib o‘tilgan.

Suratda: professor Xolnazar Omonov, rassom Shuhrat Bobojonov va san'atshunos Dilbar G‘afforova Germaniyadagi O‘zbekiston Bosh konsulligi qabulida

Bularni amalga oshirishda davlat idoralariga ërdamchi o‘laroq chet elda yashaydigan va san'at olamida obro‘si bo‘lgan vatandoshlar tashkilot tuzish haqida qaror berishdi. Joriy yilning 27 may kuni Chexiyadagi Yevropa amaliy fanlar va menejment instituti rahbari professor Xolnazar Amonov¸ taniqli rassom va jurnalist Shuhrat Bobojonov va Germaniyada faoliyat yuritadigan san'atshunos Dilbar G‘afforova O‘zbekistonning Frankfurtdagi Bosh konsulligiga tashrif buyurib bu loyiha haqida gapirib berishdi. Diplomatlar bu tashabbusni olqishlashdi va muzeylarga munosabat masalasi davlat rahbari diqqat markazida ekanligini urg‘ulashdi.

Urganch muzeyi zaliga osishga qo‘yilayotgan rang tasvir asarlari (jurnalist Ibrat Safo fotolari)

San'atshunos Dilbar G‘afforova yaqin kunlar ichida “o‘zbek san'ati do‘stlar kengashi” degan shartli nomdagi nodavlat tashkilotni Germaniyada qayddan o‘tkazishga kirishishini bildirdi. Tashkilotga O‘zbekiston va chet eldagi taniqli san'at arboblari¸ xususan britaniyalik mashxur rassom Yunus Safar Diër a'zo bo‘lishga ishtiëq bildirishgan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
25 february 2022
“Vladimir Zelenskiy undan deyarli hech kim kutmagan rolni o‘ynamoqda: Ukrainaning urush davridagi prezidenti rolini”, deb yozdi New York Times ...
26 november 2020
Bloger Nozim Safari: «AOKA «Gazeta.o‘z»ga ham koronavirus bo‘yicha ma'lumotlar taqqoslangan maqolalar uchun ogohlantirish jo‘natibti. AOKA asl qiyofasini namoyon eta ...
24 may 2018
Bu yil maktablarda o‘quvchilar «So‘nggi qo‘ng‘iroq» o‘rniga prezident Shavkat Mirziyoevning bilim olishga oid gaplari shior qilingan tadbirga saflanisharkan. Bu ...
13 december 2018
Shu kunlarda ko‘plab nashrlar Gulnora Karimovaning O‘zbekiston hukumatini moddiy qo‘llab-quvvatlash niyatida ekani haqida yozishdi.   Jamiyatdan hamon yopiq saqlanayotgan Islom ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...