Asosiy mavzular
15 july 2022

RTdan va'z: Muhimni nomuhimdan ajratish ahamiyati

Och kishi nima deydir? Kecha hali zaptrak qimasdan binnasalar ëzuvdim¸ yaxshi muhokama bo‘ldi. Bugun ham yugur-yugur bilan bo‘lib ozongi choy ichilmay qoldi. (Men o‘sgan qishloqqa ertalab to‘yib ovqat yeyish rituali yetib bormay qolgan) Xullas, bu ëzganim ham qorni och odamning deganidir. Qorni to‘qning qorni och bilan nima ishi bor? Xo‘sh, qorni och odam nima haqida o‘ylaydi unda? Qorni och odam bir burda non haqida o‘ylaydi. Imonning ustuni nondir. «Ochdan qoch» degani ham shu.

Mening ochligim cho‘ntagimdagi pulim bilan emas ish rejimim bilan bog‘liq. Yugurib yurib bir narsa kavshangandan ko‘ra kechqurun ishni tugatib, bemalol qo‘yning duxopkada pishirilgan qo‘lini yeyishni ma'qul ko‘raman. Ornitologlarning o‘granishicha, qush parvoz qilaëtgan paytida  emak yemas ekan. Ë yeysan ë uchasan degan dillemma. Muddao.

Bu almoyi jalmoyi kirishdan keyin asosiy aytmoqchi bo‘lgan gapimga o‘tsam. Bu gapim «muhim narsa va muhim bo‘lmaganni» ajratish haqida. Aytaylik, siz izquvarsiz. Bir zo‘ravon pedofil ëki qotilni jinoyat ustida ko‘rib, quvib ketayapsiz. Qotil yo‘lda ketaëtgan tramvayga chiqib oldi. Siz uni ortidan tramvayga chiqdingizu ammo bilet olmadingiz. Kontrolyor kelib sizni shtraf qilmoqchi. Bu holatda sizning bilet olmay huquqbuzarlik qilganingiz – ikkinchi darajali. Chunki siz jamiyat uchun xatarni oldini olyapsiz.

Jamiyat buni taroziga qo‘yib, sizni haq deb toshishi joiz. Yana bir misol. Taniqli jurnalist¸ Britaniya vatandoshi Shohida Ëqub Yevropa ittifoqning 25 davlatining qalbaki pasportini  sotib olib YeI chegalaralarini kesib o‘tdi. Qalbaki pasport sotib olish – jinoyat. Ammo Shohida shu mavzuni matbuotda ëritish va jamiyatni xatardan ogoh qilish uchun bu ishga qo‘l urdi va Britaniya jamiyati olqishiga noil bo‘ldi.

Endi yana bir misol bersam. O‘tkan asrning oxirlarida Urganch bozorida guruch sotadiganlar kechqurun bozor ëpilganidan keyin qoplarini qoldirib ketaverardilar. Bozor ënidagi bir odam shayka tuzib, har kuni kechqurun o‘sha qoplardan ozroq guruch o‘g‘irlashni tizimli yo‘lga qo‘ygan edi. Xalq uni bilardi. Lekin bu odam yilda ikki ëki uch marta o‘g‘irlagan guruchini bir qismidan palov pishirib, xalqqa sadaqa qilib turardi. Sadaqaga kelgan parazit imom bu o‘g‘rini maqtab duo qilar va xalq ham tekin tomoq bergan o‘g‘rini maqtardi. Bu yerda odamlar uchun o‘g‘rining tizimli jinoyati emas u bergan bir siqim tekin palov muhim bo‘lgan.

Mamlakatda gangstrezimni joriy qilib odamlarni qaqshatgan prezident qizi Gulnora Karimova ham yetimlarni to‘plab sunnat qilardi. Ahmadboy ham to‘rt marta sunnat bo‘lgan yetimlarni detdomdan ijraga olib kelib beshinchi marta «sunnat » qilib elga osh berardi. Mirzadan tortib Sheraligacha Ahmadboyni tekin ovqatini yeb, duo qilishardi. …

Misol qismi tugadi. Endi xulosa. Muhimni nomuhimdan ajratsangiz, vaqtingiz tejaladi. Muammoni u paydo bo‘lgan darajada hal qilish mumkin emas. Siz keyingi bosqichga ko‘tarilib, ushbu muammodan yuqoriga ko‘tarilishingiz kerak.

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
13 march 2025
Germaniyadagi inson huquqlari bo‘yicha “O‘zbekiston forumi” ( Uzbek Forum for Human Rights) mamlakat paxta sektorida banda bo‘lgan fermerlar faoliyatiga ...
19 march 2019
Prezident Mirziyoev 15 mart kungi farmoni bilan prokuratura idoralaridagi 1 198 shtatni qisqartirdi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. ...
16 november 2016
O‘zbekistonlik 31 yashar yigit firibgarlikda ayblanib AQSh tarafidan xalqaro qidiruvga berildi. 2000 yilda Green Card yutib AQShda istiqomat qila ...
3 february 2020
Qashqadaryo viloyatida 30 yanvar kuni Chiroqchi tumani IIB binosidagi gumondor o‘limi yuzasidan brifing bo‘ldi. Ichki ishlar vaziri axborot xizmati ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...