Asosiy mavzular
31 january 2023

Co‘nggi Turkiston jadidining o‘g‘li bilan Germaniyadagi uchrashuv

O‘zbekistonni tuzgan oila mansubi¸ olim va Turkistonning so‘nggi jadidi professor Temur Xo‘ja Germaniyaning Myunxen shahrida g‘arbiy yevropadagi o‘zbek diplomatlari va yevropada yashaëtgan millat oydinlari bilan uchrashib suhbatlashdi. O‘zbek madaniyati rivojiga ko‘maklashuvchi Germaniyadagi Yuzuk tashkiloti tashabbusi va O‘zbekistonning Frankfurtdagi Bosh konsulligi sa'yi harakatlari bilan o‘tkazilgan bu uchrashuvda mamlakat taraqqiëti uchun jadidlik g‘oyasini ësh o‘zbek liberal liderlari qo‘llab quvvatlaëtgani olqishlandi.

Uchrashuvda O‘zbekistonning Frankfurtdagi Bosh konsuli Olimjon Abdullaev. Yuzuk tashkiloti ijrochi direktori Dilbar G‘afforova Chexiyadagi Bohemiya universiteti o‘qituvchisi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Xolnazar Omonov va boshqa diplomat va ziëlilar qatnashdi.

O‘zbekistonni qurgan oila vakiliga xurmat yuzasidan rassom Shuhrat Bobojon o‘z asarini Temir Xo‘jaga sovg‘a o‘laroq topshirdi. Asar Temir Xo‘janing ota yurti Buxoro miniayutrasi va zamonaviy ekspressionizm omuxtasidir. Chexiyadagi Bohemiya professor Xolnazar Omonov esa Temir Xo‘ja tug‘ilib o‘sgan Istanbuldagi oltinga ishlov beruvchi ustalar oltin simlardan to‘qib yasagan manzara lavhani sovg‘a qilarkan «asl oltin bu sizning g‘oyalaringizdir» dedi. Germaniyadagi Yuzuk tashkiloti ijrochi direktori Dilbar G‘afforova esa tut daraxtidan xozirlangan Samarqand qog‘oziga zarb qilingan unikal so‘zonani taqdim qildi.O‘zbekistonning Frankfurtdagi Bosh konsuli Olimjon Abdullaev esa o‘z navbatida professor Temir Xo‘jaga zarbop to‘n kiygizib esdalik uchun suratga tushdi. O‘zbek diplomatlari Temir Xo‘janing ota yurti bo‘lgan O‘zbekistondan kelgan sovg‘a salomlar bilan mehmonni siylashdi.

Eltuz muxbiriga bergan suhbatida Temir Xo‘ja bu uchrashuv jadid g‘oyasini tanishtirish yo‘lida muhim qadam bo‘lganini ta'kidladi.

Turkistonning madaniy va siyosiy tarixiga bag‘ishlangan yuzdan ziëd maqola va o‘nlab kitoblar avtori professor Temir Xo‘ja o‘zbek diplomatlari bilan suhbatda Rossiya bosqinchilik siësatining mamlakat mustaqilligi uchun doimiy xavf ekanligini tarixiy kontekst asosida tushuntirib berdi.

Jadid g‘oyalari haqida Turkiya, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Germaniya , Hindiston¸Yaponiya va qozog‘istonda chop qilingan maqola va kitoblar muallifi Temir Xo‘ja Yuzuk tashkiloti faollari va o‘zbek diplomatlari bilan suhbatda komunizm ëki islom emas balki aynan jadid g‘oyasi mamlakat rafoqi uchun birlamchi ekanligini ta'kidladi.

Temir Xo‘ja jadidchilik harakatining Stalin qatag‘onidan omon qolgan namoyandasi Buxoro Respublikasi prezidenti Usmon Xo‘ja Po‘latxo‘jaevning o‘g‘lidir. Bundan oldin O‘zbek madaniyati rivojiga ko‘maklashuvchi Germaniyadagi Yuzuk tashkiloti Buxoro Respublikasi prezidenti Usmon Xo‘ja Po‘latxo‘jaev (1878 -1968) yashagan Buxorodagi uyni “Jadidlar muzeyiga” aylantirish borasida taklif bilan chiqqan edi. Temir Xo‘janing aytishicha O‘zbekistonning ilg‘or fikrli rahbarlari harakati bilan Buxoroda u yashagan uyning muzeyga aylantirilishi bo‘yicha siësiy qaror qabul qilingan. Bu men umriy orzumning amalga oshishidir deydi professor Temir Xo‘ja.

Buxoro jumhuriyatining birinchi raisi Usmon Xo‘janing o‘g‘li Temur Xo‘ja 1947-yil Istanbulda tug‘ilgan va uning nomi SSSRda istalmaganlarning qora ro‘yxatida edi. Ammo tarixga Gorbachev hurriyati deya kirgan 1990 yil oxirida O‘zbekiston mustaqil bo‘lishidan sal oldin Temir Xo‘ja o‘z ota yurtiga ilk marta safar qildi. O‘sha paytda davlat rahbari bo‘lgan Karimov Temir Xo‘jani qabul qilib suhbatlashgan bo‘lsa ham jadid g‘oyalari mustaqil O‘zbekiston uchun tushunarsiz edi. O‘zbekistonda rahbar almashgani ortidan 2018 yilga kelib Temir Xo‘ja yana O‘zbekistonga bordi. Yangi O‘zbekistonning yangi tushunchali rahbarlari jadid g‘oyalarini olqishladi. Yoshlar ishlari agentligi direktori, Oliy Majlis Senati a'zosi Alisher Sa'dullaev yaqinda Turkiya Respublikasida bo‘lib turgan vaqtida «Uskudar» mahallasidagi «O‘zbeklar takyasi»da bo‘ldi va Usmonxo‘ja Po‘latxo‘jaevning qabrini ziyorat qilgan ilk mulozim bo‘ldi. (foto) Buning ortidan O‘zbekiston prezident adminstratsiya mulozmilari Saida Mirziëeva va Komil Allamjonovlar ham Temir Xo‘ja bilan uchrashib samimiy suhbat qilishdi. Myunxendagi uchrashuvda Temir Xo‘ja jadid bayrog‘i O‘zbekistonning ilg‘or fikrli ëshlari qo‘lida xilpiraëtganidan qoniqish bildirdi.

AQShdagi Michigan universiteti professori Temur Xo‘ja o‘z shaxsiy kutubxonasidagi ja'mi kitoblarni muzeyga qo‘yish uchun uchun O‘zbekiston davlatiga berishga tayër ekanligini aytdi.
Germaniyadagi Yuzuk tashkiloti ijrochi direktori Dilbar G‘afforovaga ko‘ra O‘zbekistonda jadid muzeyi tashkil qilinishi zamon taqozosidir.

Temir Xo‘ja joriy yil 9 fevralida Navoiy va 14 fevralda Bobur yubileyida qatnashish uchun O‘zbekistonga boradi.

@eltuz

Tag‘in o‘qing
3 december 2025
Qozog‘iston vatandoshi Sankt-Peterburgning “ShOK” radiostantsiyasiga bostirib kirib, Ukrainadagi Rossiyaning bosqinchilik urushini qoralab efirga chiqqan. Qozoq yigiti studiyadagi o‘rislarga portlatish ...
9 april 2020
Pandemiya tezda o‘tib ketadi, men hech narsa qilishim shart emas, deb xayol qilayotganlar bo‘lsa, quyidagi ma'lumotlar ularga tahlil uchun ...
6 april 2017
Shu yilning boshida jahon ekranlariga chiqqan «Mashxurlikka yo‘l» (Sing) filmi katta va kichik yoshdagi tomoshabinlarning nazariga tushdi. Filmda, katta ...
31 january 2018
MXXning sobiq raisi Rustam Inoyatov prezidentning siyosiy-huquqiy masalalar bo‘yicha davlat maslahatchisi etib tayinlangan. O‘zbekiston prezidentining MXX va prokuratura xodimlari ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...