Asosiy mavzular
14 june 2023

Xorazmda yo‘l qurilish idorasi bo‘lim boshlig‘i pora bilan ushlandi

“Xorazm yo‘l qurilish” MChJda bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlovchi shaxs Xiva tumanidagi oilaviy korxonaga tegishli 8500 kvadrat metr yer maydoniga hech qanday hujjat rasmiylashtirmasdan, asfalt yotqizib berish evaziga korxona rahbaridan 1 mlrd. 306 mln. so‘m talab qilib, shundan 48 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlandi.

Shuningdek, Davlat kadastrlari palatasining Xiva tuman filiali xodimi o‘zining qaynotasi nomida bo‘lgan 4000 kvadrat metr yer maydoni 2021 yilda xaridorga notarial tartibda sotilganligini bila turib, go‘yoki ushbu yer maydonida uning ham ulushi bo‘lganligini ro‘kach qilish orqali, yerni sotib olgan fuqarodan o‘z ulushi sifatida 60 ming AQSh dollar talab qiladi. O‘tkazilgan tezkor tadbirda u so‘ralgan pulni tanishi orqali olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. 

Eltuz Xorazm viloyatida kechayotgan korruptsiya xolatlarini voqealarni siz birgalikda o‘rganishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘lishni, videolarimizga layk bosishni unutmang.

@eltuz

Tag‘in o‘qing
31 march 2018
Rassom Kirpi Eltuz.com
16 december 2025
Tibbiyot yomon bo‘lsa ashincha chet ellik kelib O‘zbekistonda davolanarmidi? Yil davomida 80 mingga yaqin chet ellik o‘zbek do‘xtrlardan davo ...
26 january 2022
“Vaqt mashinasi” ko‘rsatuvining oldingi sonlarida biz O‘zbekiston tarixining xonliklar davri, Rossiya istilosi va Stalin qatag‘onlari davri haqida hikoya qilgan ...
22 december 2025
10 dekabr Yunusobod tumanida joylashgan «Makon» kafesi oldida janjal chiqdi. Natijada kafe egasi Mashhur Raximberganov pichoqlandi.  Pichoqlagan odam mast ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...