Asosiy mavzular
11 august 2023

General surgundan qaytdi – RTdan va'z

Rassom Tuz: Azizlar mana zuvv etip xafta aylanib yana siz bilan yuzma-yuzman.

Matchon Suqulish: Nichiksizlar xo‘jik birri, ham mo‘chchi oybikala. To‘y sezon boshlanib diyralishmaya start barildimi, Mo‘llo buvolani biti do‘kilibdi. (video)

MS: Eshikingni aldi o‘y akan. Ichi do‘li qo‘y ekan. do‘qqiz oydan keyin galsam, bir ulli beshik to‘y akan. Og‘o go‘rdigizmi instada. Odamla beshikni musora tashapti.

RT: Eskirgan beshikni musorga tashash joizmi? Beshik ëg‘ochdan qilinadigan va ba'zi vrachlar bola zindoni deb ataydigan mebel. Agar beshikni ëg‘ochi qurtlagan bo‘lsa musorga tashamay, ëqib yuborgan ma'qul. Singan bo‘lsa, musorga tashasa hech narsa qilmaydi. Eski divan, kreslo, krovat, bolalar ëtog‘i  qotorida buniyam tashavorish joiz. Agar beshik 18 asrda naqshin qilib yasalgan bo‘lsa, u xalq xunarmandligi namunasi sifatida saqlanishi kerak. Eski tuski tujjorlari,  osori atiqachilar sotib oladi e'lon bersangiz. «Beshikni tashasa oxir zamon bo‘ladi» deb dodlaganlar xotirjam bo‘vursin. Hech narsa bo‘lmaydi. Beshik bu oddiy va baxsli mebel. Ikona, but, sanam ëki sig‘iniladigan muqaddasot emas. Uni ustalar bolta, tesha, arra ërdamida arzon tol ëg‘ochi ëki sosnadan yasaydi. (Shunga qurt tushadi) «Beshik – bu o‘zbekchilik» degan gap ham yanglish. Tojiklarda ham beshik bor. Beshik Markaziy Osiyodan tashqari Gruziya va Turkiyaning ba'zi bo‘lgalarida mavjud.

MS: Og‘o, siz beshikda ëtmog‘onmisiz? Hokimlaram beshikda ëtqon. Mirziëpam ëtqon beshikda.

RT: Mendan ësh onalar maslahat so‘rasa, «zinhor bolani beshikka ëtqizmang» deb maslahat beraman. Beshik bola uchun qattiq stress. Boylab qo‘yish asnosida qullik zehniyati shakllanadi. Beshikda ëtgan bolaning boshi yassi bo‘lib qoladi.

MS: Yaxshi, beshik masalasini tushundik. Indi maktab bollo gruppa bo‘lib xaja borso nichik bo‘ladi?

2023 yil 8 avgustdagi 345-sonli hukumat qarori bilan 18 ëshga to‘lmaganlarning umraga borishi taqiqlandi.

(Video qo‘lda bayroq bilan raqs tushaëtgan bolalar)

MS: Og‘o, Urganchda surgunda yurgan general Toshkenta qoytdi ishitdingizmi.

General surgundan qaytdi

General-mayor Nazarmuhamedov Davron Abitovich ichki ishlar vaziri o‘rinbosari — Ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan. Nazarmuxamedov 2017-2019 yillarda ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.

MS: Og‘o inoshu xatni naloqni ministrina barib qo‘yar akansiz.  Inobi rasmni iyaripti qo‘shib

Uzun tumanidan ministrga  qisqa maktub

Hurmatli ministr. Men Uzun tuman nalogda ishlaydigan bola bilan yurgich edim. U bolani shirin gaplariga chidolmay berib qo‘ydim. Qizligimni oldi, yashshamagur. Endi uylanmayman dep ëtibdi. «Oëq yuzing ëroshmadi, soningni silayman deb moshindi terakka urdim» deb baxona qildi it. Hurmatli ministr, shu bolaga oyting, menga uylansin.

MS: Psixolog novvi diydi bu gapa?

Eshak va uning egari

MS: Og‘o shu hokimlani saylab qo‘ysak bo‘lmiydimi? Hech bo‘lmaganda saylov vaqtinda ela un, ëg‘ taraqatar adi.

RT: Dehqonobodlik ziëli olim «hokimlarni saylash kerak» degan fikrni aytdi. Quloqqa yaxshi eshitiladi, ammo qoramolga aylantirilgan to‘daning tanlovi davlatni tanazzulga olib boradi.  Namanganda bir orqasevar pedofil mullani saylashadi, Qashqadarëda kuf-sufchi eshonbovoni, Toshkentda esa salim o‘g‘ri ëki baxtiy o‘g‘rini. Qolgan yerlarda un, kalish tarqatganga o‘z o‘yini berishadi. Qirg‘izistonda bunday badbaxatlikni ko‘rdik. Deyarli hammasi putinqul va arabqul bo‘lgan to‘dani saylov qutisiga yaqinlashtirish granatani gulxanga tashash bilan teng. Xalq bu eshshak ustidagi egar. Eshshak bilan eshakning egasi o‘rtasida ezilibgina turadi. Eshshak qaerga yursa, egar ham o‘sha tarafga yuradi. Oldin buni sal boshqacharoq ham aytgandim. Xalq bu hukmdor, bilganini ëzadigan oppoq qog‘oz. Chao birotlar. Pompidu. Chars va nashaning tozasi. Qatortoldagi kurvalar va Uchko‘prikdagi kokain.

MS: Uchko‘prikda kokain bormi? Ënqi Umida mallimni ishi nichik bo‘ldi?

Ovsar hokim va muallim janjali

«Uch yil burun juda dag‘al¸

Bir ish qilib eding menga!

Ko‘rsataman endi senga!!!»

Krilovning «Bo‘ri bilan  qo‘zichoq» masalining Cho‘lpon tarjima qilgan bu ravon satrlarni katta avlod ëd biladi. Mavzuga sakrasam. Shu kunda Surxonning tug‘ma ovsar  hokimini «dunëga mashxur qilgan» maktab direktori Umida Tursunovani ëmonotliq qilmoqchi bo‘lganlar «bir yil oldin maktabga bostirib kirgan blogerlarni haydab chig‘ordi» deyishmoqda. Germaniya, Frantsiya ëki Chexiyadagi maktabga bloger ëki jurnalist ashqol dashqolini ko‘tarib kira olmaydi.  Ruxsat olishi kerak. Agar AQShda shunaqa kirib borsa, kiraverishdagi qorovul baqlajon tog‘a pistoletini chig‘orib «maktab hududiga bostirib kirganlarni» otib tashagan bo‘lardi. So‘t qorovulni oqlardi. Tushunarlimi? Ëki yana ëzaymi. O‘zbek maktabi degan xudo qarg‘agan joyda kir bosgan tovus jempirdi kiyib yurgan ko‘ti tog‘oraday semiz va savodsiz mallim xotinlar bo‘ladi. Insho ëzsa ellikta xato qiladigan, bolalarni urib, jonini sug‘urib olgan alvastilar. Bir vaqtlar peduchilishini bitirib, keyin bir amallab sirtdan diplom olgan urodlar. Shular dars talashib, doimiy hujumga o‘tish uchun maktablarda front chiziqlari yaratishgan. Ular bollarni o‘qitishni o‘ylamaydi. Dars soati olib, bekarchi, dangasa eri va bir dunë parazit bola baqrasiga pul oborib bersam deb o‘ylaydi. Bu parazit sinfdan maktabni tozalab tashash kerak. Aynan o‘shalar maktab direktori Umida Tursunovaga qarshi birlashib, pul to‘lab, balogir ëllab, hujumga o‘tib ëtishibdi. Ha, tovus jemperingga kuya tushsin desam shundog‘am ado bo‘lgan ustivoshi. Umuman barcha maktablar bu shumg‘iya, alvasti va qorinboy mallimlardan tozalanishi kerak. Nima devdilar Krыlov bobomiz? Tarixda misollar juda ko‘p bunga degandilar.

MS: Tarixni qo‘ying og‘o xozirdan so‘llang. Ko‘chada xotinlo urush boshlog‘on. Do‘rtinchi jaxon urushi!

«Ber porani – o‘ldir fuqaroni!»

RT: Men ësh bola paytimda pora olish-berish jaraënida qatnashganman. Yana ham to‘g‘risi, 4000 sovet so‘mi solingan dermantin (o‘sha payt uchun katta summa) so‘mkani ko‘tarib turganman. Bitta krutoy qarindosh, yana bitta krutoy qarindoshning o‘g‘lini Tosh DU xozirgi Milliy Univerga kiritib berdi. Yur, Toshkentni ko‘rib qaytasan  deb meni ham obketishdi. Avgustda bo‘ladigan kirish imtihoni yanvarda «xal bo‘ldi». Poraxo‘r Tosh Duning ingliz tili do‘mlasi. Uyi Rashidovning  anhorbo‘yi rezidentsiyasiga yaqin maxallada. (Rashidov ashi davrda mo‘htaram bo‘lib ishlardi) Beshëg‘ochdan ikki ostanopka uzoqda. Teatralniy institutga yaqin joy. Oldiniga qarindoshim meni ko‘chada pul solingan so‘mka bilan qoldirib, ichkari kirib ketdi. Keyin ichkaridan chiqib, menga anhor bo‘yidagi trotuar bo‘ylab yur, ondatra telpakli ko‘zoynakli amakiga so‘mkani ber, dedi. Men so‘mkani berdim. Ondatra telpakli ko‘zoynak, rangini kaltakesakday qilib, so‘mkani olib badar ketdi. Qarindoshimiz ashi yildi sentyabr oyida Tosh Du studenti bo‘ldi. Oradan ancha vaqt o‘tib o‘sha mahalladan taksida o‘tib boraëtirsam bir xotin qo‘l ko‘tardi. Ënida to‘ridan go‘ri yaqin ko‘zoynakli boboy turibdi. «Xoji otani hastimomga tashab qo‘ying. Jumaga shoshvotti» dedi. Men uni tanidim. Ësh bollarda fenomenal pamyat bo‘ladi. «Xojota siz Tosh Du ingliz tili kafedrasida mudir bo‘p ishlagansiza palonchi yili» dedim. Boboyning ko‘zi ëshlandi. Meni quchoqlab «seni o‘qitganmidim xovoryu may student» dedi. Men unga «umra qiganmisiz ë hajmi» deb so‘radim. Uch barmog‘ini ko‘rsatib. «Ikki marta umra, bir marta haj qildim».  O‘g‘ri qarisa so‘pi bo‘ladi, degan maqolni aytmadim. Sal o‘tmay, u domla o‘ldi. Ammo O‘zbekistonda poraga o‘qishga kiritish degan tizimi o‘lmadi. Svejiy misollardan keltiray. Andijon davlat universiteti xodimi yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali bitta g‘irt ovsarni  mazkur oliy o‘quv yurtining “Biologiya” yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi bo‘limga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 4 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

MS: Poraxo‘r nerda ?

RT: Ha, o‘lma! Qamag‘da!!!

Qarshi shahrida yashovchi, 31 yashar aperist o‘zganing ishonchiga kirib, mansabdor tanishlari yordamida uni Qarshi davlat universitetining “Sport” fakultetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 3 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi. Ashnaqa Qarshilikdan chiqmas yaxshilik. Poraxo‘r qaerda? Ha o‘lmang! Qamag‘da!!!

Chirchiq davlat pedagogika universitetining bo‘lim boshlig‘i 2 nafar o‘zbek qashshog‘ining Rossiya Federatsiyasi oliy o‘quv yurtidagi o‘qishini o‘zi faoliyat yuritayotgan universitetga ko‘chirib berish va 2 nafar fuqaroga ingliz tilini bilish bo‘yicha xalqaro sertifikat olib berish evaziga 10.100 AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Boshqa holatda esa Chirchiq davlat pedagogika universiteti o‘qituvchisi qashshoqni  ushbu oliy o‘quv yurtining maktabgacha va boshlang‘ich ta'lim jismoniy tarbiya yo‘nalishiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 3 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Yana bir holatda Qibray tumanida yashovchi er-xotin o‘zlarining tanishlari yordamida fuqaroni Chirchiq davlat pedagogika universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 3500 AQSh dollari olgan vaqtlarida ushlandi.

Xo‘sh toshobldagi poraxo‘rlar qaerda? Ha o‘lmang! Qamag‘da!!!

Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168- (firibgarlik) va 28,211- (pora berish) moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Post Skriptum: Surxondarëning joriy hokimi ham pora bilan o‘qishga kirgan. Ammo ushlanmagan. Men ushlanganlari haqida ëzdim. Ushlanmagani son ming. Yangi O‘zbekistondagi barcha poraxo‘r.

MS: Lekin og‘o, poro olami, boshqa atami. Topqoni to‘yo biyirsin. Samarqandda qizishib getib ësh bolloni o‘ylantirib boshlodila.

(Video)

Bundan ikki oycha oldin bir sobiq hokim bilan gaplashuvdim. Bu hokim lavozimda ekan «qonun bu menman» degan absolyut tushuncha bilan yashaganini aytadi. Majlisda milisani turizib «palonchini o‘nbesh sutka qama» desa, og‘zidan gap tushmasdan o‘sha odamning qo‘liga kishan solingan. Sudyalar kechagi chislo bilan mahkama qarori chig‘orib berishgan. Ko‘chada ikki qavatli uyni ko‘rib, «buz» desa shartta buldozer olib kelib buzishgan. Lyuboy odamga «tur o‘rningdan, ma senga ruchka, palonchining ustidan ariza ëz» desa, o‘sha odam yugurib borib darrov otasining ustidan bo‘lsa ham jaloba ëzgan. Bu hokim majlisda har kuni barcha qo‘l ostidagilarni onasidan so‘kkan. Onasi o‘lgan bo‘lsa «onangni go‘riga sikay»  deb so‘kkan. Hech kim g‘irring ham demagan. Muzeyga borib respublika ahamiyatidagi va qonunga ko‘ra Madaniyat vaziriga bo‘ysunadigan muzey direktoriga «Davay och shisha qutingni» deb 18 asrda qozikalon kiygan noëb eksponat, usti arab ëzuvli zarbob to‘nni o‘g‘li o‘qiydigan yurfak domlasiga kiygizib rasmga olgan. Yaxshiyam choponni olib ketmagan. Muzey direktoriga «o‘rab ber  choponni» desa¸ darrov o‘rab berib, ta'zim qilardi.  O‘zbekistonda notavon, mute, qo‘rqoqlarning son sanoqsiz armiyasi bor. (sanasa biror 36 million chiqadi plyus, minus)  Pora berib yurfakni tugatib, pora berib sudya bo‘lgan chalasavod albatta hokimdan qo‘rqadi. Barcha mayda mulozimlar qo‘rqoq va insonga yarashmaydigan darajada tuban. Agar xodimni urib keltaklab, ustidan siysang ham lavozimi katta odamga xudoga sig‘ingandek sig‘inaveradi. Surxon hokimi Ulug‘bek Qosimov ëshligida supadan yiqilib miyasi lat yegani uchun tug‘ma ovsar.  Boz ustiga ikki oyligida qizamiqqa chalinib, yaxshi tuzalmay qolib ketgan. Miyasiga bilim yuqmaydi. Ota onasi pora bilan o‘qishga kiritib, pora bilan ishga joylagan. Bu tug‘ma ovsar «davlatchilik printsiplari» va «insonlarning konstitutsion huquqi» degan narsani umuman bilmaydi. Miyasi amëbaniki kabi kichik bo‘lgani uchun bilimni hazm qila olmaydi. O‘z fikrini bemalol bildirgan o‘qituvchini «jinoyatchi» deya qamagan Uzun tuman sudyasi Jumanov ëshligida  mehmondan qolgan tandir go‘shtini yeyman deb, tomog‘iga suyak tiqilgan. Emchiga oborishganda uning boshiga urib urib suyakni chiqarib olgan. Ëshligida yegan zarbalar oqibatida miyasi ishlamaydigan bo‘p qogan. Hamma bachalar olti oy beshikda ëtsa, Jumanov ikki yil ëtib orqa miyasi sabzi to‘g‘raydigan taxtaday tep tekkis bo‘lib qolgan. Oqibatda miyaning  fikrlash degan funktsiyasi deformatsiya bo‘lgan. Ota enasi qo‘y, molini sotib bu ovsar tentakni yurfakda o‘qitishgan. Poraning kattasini berib, sudga ishga kiritishgan. Uzun tumanining kaltafaxm aqli ko‘tox sudyasi Jumanovni davolabam bo‘lmaydi. Uni qayta o‘qitib aqlini ham kiritib bo‘lmaydi. Uzun tumanida gavron bilan savalab o‘qib qo‘yadigan domullo bor deyishadi. Balki ëtqizib uch kun savalansa aqli ishlab ketishi mumkin. Shokoterapiya deydi buni. Ammo shaxsan men buning ham foyda berishiga ishonmayman. Boshlar oëq¸ oëqlar bosh bo‘lib it izi ot iziga qo‘shilib ketgan alg‘ov dalg‘ov zamonlarga qoldik.

MS: Og‘o, sho‘rda durib alni ochip, uring potyani!

RT: Assalom O‘zbekiston juma muborak!

Tag‘in o‘qing
26 june 2019
Bugun, 2019 yil 26 iyun kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahri Yunusobod tumani sudining binosida O‘zbekiston Respublikasining sobiq bosh ...
30 july 2025
O‘ttiz yildan buyon muhojirotda yashab kelayotgan o‘zbekistonlik atoqli shoir va siyosatchi Muhammad Solih 20 dekabr kuni 75 yoshga to‘ldi. ...
4 october 2018
Bugun o‘zbek tarixidagi eng qayg‘uli sana. Bundan roppa-rosa 80 yil burun, 1938 yilning 4 oktyabrida o‘zbek millati oydinlaridan iborat ...
3 january 2026
Albert Eynshteyn O‘zbekistondan Parijga kelgan raqqosaning qo‘l ro‘moliga ëzgan formula nima edi? Bu formula vaqt tuynugi borligini ko‘rsatuvchi eng ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...