Asosiy mavzular
13 september 2023

Buxoro sobiq hokimining qamalgan o‘g‘li zamhokim bo‘ldi

Salom qadrli muhlislar, bugun 12 sentyabr Eltuz o‘zining kundalik ko‘rsatuvlarini davom ettiradi.

Buxoro viloyati sobiq hokimining uyushgan jinoiy guruh tuzish, o‘g‘rilik va davlat mulkini talon-toroj qilish kabi jinoyatlarda ayblanib 14 yilga qamalgan o‘g‘li Sharofiddin Husenov Buxoro shahar hokimning investitsiyalar va tashqi savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Sharofiddin Husenov 2011 yilda ukasi Sadriddin Husenov, amakisi, do‘stlari bilan birgalikda Buxoroda o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etgani uchun 14 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi.

O‘shanda O‘zbekiston tarixida ilk bor 16 yildan buyon viloyat hokimi lavozimida ishlab turgan hokimning o‘g‘illari ustidan sud shu viloyatning o‘zida bo‘lib o‘tgan va mahalliy telekanallar bu sud jarayonini batafsil yoritgan edi.

Vaqt o‘tib, prezident Karimov vafotidan so‘ng, Samoyiddin Husenov oqlandi. Joriy va o‘tgan prezidentlik saylovlarida  ishonchli vakil sifatida ham qatnashdi.

Naqd 270 tomlik jinoyatlari bilan dovrug‘i O‘zbekistonga yoyilgan Samoyiddin Husenov yaqinlari ham sekin asta qamoqdan chiqa boshladi.

Mana, o‘sha mashhur jinoyat ishining asosiy figuranti Sharofiddin Husenov shahar hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi.

Bu haqda Eltuzga xabar bergan mahalliy hokimiyat vakili o‘z ishini bu yerda davom ettirish istagi qolmaganini aytdi.

«Biz tunu kun majlislarda qatnashib, mahallalar kezib, rahbarlardan so‘kish eshitib, ishlab yuramiz. Ammo qaerdandir sobiq o‘g‘rilar amalga kelishadi, biz yana chekkada qolamiz,” deya yozdi hokimiyat vakili.

Yana bir manbaning taxmin qilishicha, Sharofiddin Husenov  Jamol Nosirov o‘rniga Buxoro shahar hokimi lavozimiga tayyorgarlik uchun yuborilgan bo‘lishi ham mumkin.

Eltuz mamlakatda kechayotgan kadrlar almashinuvi, korruptsiya va nepotizm ko‘rinishlarini yoritishda davom etadi. Ko‘rsatuvlarimizni kuzatib boring, kanalimizga obuna bo‘ling.

OtvetitPereslat
Tag‘in o‘qing
6 november 2023
Gitlerga oshiq bo‘lish yigirmanchi asrda qolib ketgan ruhiy anomaliya deb o‘ylardim. Nemis xotinlari Gitler gapirganda hayajondan siyib tashagan. Yigirma ...
16 july 2016
O‘zbekistonda «tinchlikni madh etish uchun» mafkura klipi sifatida tayyorlangani aytilayotgan ayni klip musiqasi o‘zgarmagan, biroq tasvirlarda uning eski nusxasi ...
16 september 2020
Prezident Mirziyoev imzolagan yangi qarorga ko‘ra, 2021 yilning 1 yanvaridan mehnat muhojirlariga soliqlar joriy etiladi.’ Qator o‘zbek nashrlarining yozishicha, ...
30 may 2016
«O‘zbek hukumati zudlik bilan va hech qanday shartsiz, 10 oktyabr kuni siyosiy motiv bilan qamoqqa hukm qilingan mustaqil jurnalistni ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...