Asosiy mavzular
31 january 2024

Surxondaryodagi internatda o‘quvchilarning zaharlanishi ortidan jinoiy ish ochildi

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatida shu yilning 18 yanvar kuni o‘quvchilar ovqatdan zaharlanganligi haqida Eltuz xabar bergani ortidan ko‘plab e'tirozlar bildirilgan edi. 

Bugunga kelib Bolalar ombudsmani maktab bolalarining zaharlanishi yuzasidan olib borilgan  o‘rganish ishlari haqidaquyidagi ma'lumotni berdi.

Aniqlanishicha, ushbu maktab-internatga autsors xizmati ko‘rsatgan xususiy korxona tomonidan iste'molga yaroqsiz bo‘lgan mahsulotlardan sifatsiz oziq-ovqat tayyorlanishi oqibatida 33 nafar o‘quvchi «O‘tkir gastrit» alomatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Hodisa tezkor-tergov guruhi tomonidan o‘rganilishi natijasida maktab oshxonasidan olingan ayrim mahsulotlar sanitariya me'yorlari qoidalari va gigiena normalari talablariga javob bermasligi, hamda oshxona jihozlaridan foydalanish tartib qoidalariga rioya qilinmaganligi, bu esa bolalar o‘rtasida yuqumli oshqozon ichak kasalliklari bilan kasallanishga olib kelganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Sariosiyo tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi 4-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shu o‘rinda, ayrim xolatlarga e'tibor qaratsak. “Zamon” muxbiriga shifokor bolalar ovqatdan zaharlanmagan deb aytgandi. Biz buni shubha ostiga olgandik. O‘shanda shifokor yolg‘on gapirishga majburlanganmidi yoki mahalliy jurnalist? Nega bizda doimo bo‘lar ish bo‘ldi, yopiq qozon yopiqligicha qolsin qabilida ish tutishadi? Kimningdir yopiq qozoni, kim uchundir ayni qozondagi ovqatdan zaharlangan 33 nafar voyaga yetmagan bolalar hayotidan azizmi?  

 Eltuz uydagi gapni ko‘chaga olib chiqadi. Kanalimizga obuna bo‘ling, videolarimizga layk bosing.

Tag‘in o‘qing
21 september 2022
O‘zbekistondagi ko‘plab fermer xo‘jaliklari klasterlar paxta va boshoqli don xarid qilish bo‘yicha fyuchers shartnomalar nusxasini haligacha o‘zlariga bermayotganidan norozilik ...
1 april 2022
«NATO degan ajdar, tilidan oqar zaxar» Toshkentdagi 150 son maktab o‘quvchilariga NATOning ëvuz tashkilot ekani haqida «darsda uqtirilgan» Xalq ...
18 january 2021
Bor ekanda yo‘q ekan, och ekanda to‘q ekan, yaqin-yaqin zamonlarda yot bosqinchilarning yuz yildan ko‘proq vaqt davom etgan mustamlakasidan ...
26 december 2019
«Erk» demokratik partiyasi lideri Muhammad Solih “Begona” filmining 10-qismida 1991 yilning avgustida sodir bo‘lgan voqealar, GKChP va uning Karimov ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...