Asosiy mavzular
18 july 2024

Kasbining mushtumzo‘r hokimi

Videoda Kasbi tumani hokimi To‘xtamurod Meyliev fermerni uryapti. Voqea aprel oyida yuz bergan.

Kuni kecha esa majlisda hokim Do‘stlik mahallasi yoshlar yetakchisi bo‘lgan yosh qizni kurakda turmas so‘zlar bilan haqorat qilgan.

E'tirozlarga javoban ushbu vallomat hokim “xohlagan joyingga arz qil, video audio yozib ol. Hech kimdan, hech narsadan qo‘rqmayman,” deb o‘dag‘aylaydi.

Eltuz nashri hokim To‘xtamurod Meylievning kirdikorlari haqida avval ham bir necha bor tanqidiy maqolalar chiqardi.

Jumladan, To‘xtamurod Meyliev pilla yig‘imi paytida fermerlarga bosim o‘tkazib, pul yiqqan – hokim bo‘sh qog‘ozga fermerlardan qo‘l qo‘ydirib, ko‘chat ekish bahonasida pul talab qilgan.

Insayderlarning xabar berishicha, hokim janoblari har safar Eltuz tanqididan keyin Toshkentga otlanib, mansabdor “tankalari” yordami bilan ishni bosdi-bosdi qilyapti.

Suratlarda Kasbi tumani hokimi xonlik davridagi zamindor misoli fermerlarni o‘z batraklaridek mulzam qilgan. Hokim hech kimdan qo‘rqmaydi, hech kim uning qudratiga soya sololmaydi.

Prezident Shavkat Mirziyoev 2017 yilning noyabr oyida o‘tkazgan hukumat majlisida amaldorlarning mushtumzo‘rligi va so‘kong‘ichligi davlat siyosatiga, prezident siyosatiga qarshi chiqish deb baholanishini aytgan edi:

– Guruch kurmaksiz bo‘lmaydi deganlaridek, o‘z mas'uliyatini unutib, oyog‘i yerdan uzilgan, men rahbarman, nima qilsam ham meniki to‘g‘ri degan xato fikr bilan g‘o‘dayib yurgan ayrim odamlar ham yo‘q emas. Ularning o‘z xizmat lavozimlarini suiiste'mol qilib, qo‘l ostidagi xodimlarga qo‘pol munosabatda bo‘layotgani, haqorat qilib, hatto qo‘l ko‘tarayotgani haqida bizga ko‘plab ma'lumotlar kelib tushmoqda. Bu bizga umuman noma'qul narsa. Bu illatni yo‘q qilish kerak, – degan edi Mirziyoev.

Ammo To‘xtamurod Meyliev fermerlarni kaltaklab, bosim o‘tkazishda davom etmoqda.

Ertaga biror fermer hokim sababli yurak hurujidan o‘lsa AOKA kabi tashkilotlar uning aybini yopishga urinadi.

Zo‘ravon, fermerkush hokimga qat'iy chora ko‘ring! Mutasaddilar – yana bir fermer qurbon bo‘lsa oyni etak bilan yopolmaysiz. Eltuz O‘zbekistondagi mushtumzo‘r, so‘kong‘ich mulozimlar qilmishiga oid voqealarni yoritishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘ling. Videolarimizga layk bosing. Agar ayrim yopiq videolarni ko‘rishni yoki shunchaki kanalimizni qo‘llab quvvatlashni istasangiz, super rahmat knopkasini bosing. Sog‘ bo‘ling.

Tag‘in o‘qing
7 october 2019
Qamashi tumanidagi 14 va 16-bolalar bog‘chalariga go‘sht o‘rniga O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziëevning portretlari berilgan.  Bu ma'lumotni “Eltuz”ga taqdim qilgan ...
23 november 2025
O‘zbekiston va AQSh munosabatlari SSSR davridaëq mavjud edi. Toshkent shahri AQShning Sietl shaxri bilan¸ Buxoro esa  Santa Fe shahri ...
23 february 2025
«Biz haqda» tekinga maqola ëzildi Odatda dunë yetakchi matbuoti O‘zbekiston haqida ëzar ekan maqola tagida maxsus belgini ko‘ramiz. Bu ...
16 december 2025
Xalq orasida aprs sifatida tanilgan Iqbol Soliev sudga berildi. Bu haqda 16 dekabr kuni Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmati ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...