Asosiy mavzular
25 january 2025

Blogerni urib qamatgan mulozim qidiruvga berildi

Qashqadaryoning Kitob tumanida tug‘ilib o‘sgan 49 yoshli Umid Miraliev bir kun kelib bloger bo‘lib haqiqatni ëzarman deb o‘ylagandir ammo u buning ortidan kaltak yeyishi va aybsiz aybdor bo‘lishini haëliga ham keltirmagandi.

Umidbek tadbirkorlik ortidan tirikchilik o‘tkazib, bola-chaqasini  boqib, topkanini mayda tishlab tinchgina yurgandi. Prezident Shavkat Mirziyoev hukumat tepasiga kelgach boshlangan so‘z erkinligi islohotlaridan Umidning ham yuragi umid bilan to‘ldi.  Yurt ravnaqi va xalq farovonligi yo‘lidagi jarayonlarda hissa qo‘shib qolishni niyat qildi u. Bloger bo‘lishni orzuladi. Jurnalistik mahorat markazida malaka oshirdi. Kanal ochdi. Tillari burro, qalami o‘tkir chiqdi uning.  Biroq, boshlagan ishi unga xayrli kelmadi. 2 yildayoq bloger ayovsiz ta'qiblar ostida qoldi.

Umid Miraliev faoliyatini boshlaganida boshiga bu qadar kulfatlar yog‘ilishini bilmagan edi. 2020 yilda u Feysbuk va Telegram kabi ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘z blogini yurita boshlaydi. Bloger yurtimizdagi ijtimoiy muammolar, oddiy aholi murojaatlarini chop etadi. Murojaatchilarning so‘rovi bilan turli davlat tashkilotlariga borib, mutasaddilarga muammolarni ko‘ndalang qo‘yadi.

Blogerlik faoliyati 2022 yildan buyon xavfli bo‘lib bormoqda. Bugun O‘zbekistondagi aholi shikoyatlarini tarmoqlarga olib chiqayotgan blogerlarga firibgarlik, tovlamachilik ayblovini osongina bo‘yniga yuklash holatlari ko‘payyapti. Umid Miralievga ham avvaliga shu ayblovni qo‘llashga harakat qilishdi. O‘xshamagach, qator navbatchi ayblovlar yopishtirildi.

Mazkur ayblovlar ortidan Miraliev oilasidan uzoqda, boshqa viloyatlarda kun kechirib yurishga majbur bo‘lganini iddao qiladi. Blogerning aytishicha, unga qidiruv e'lon qilinadi, so‘ng ashaddiy jinoyatchi kabi ushlanib, olib kelinadi va qamoqqa tashlanadi.

Miraliev 2022 yilning dekabridan to 2023 yilning may oyiga qadar tuxmat va bezorlikda ayblanib 4 oy mobaynida qamoqda o‘tirdi. 2023 yil 5 may Shaxrisabz shaxar Sudi ishni kurib chikdi. Afsuski, Sud blogerning advokatlari tomonidan taqdim etilgan isbotu dalillarni, ekspertiza xulosalarini inobatga olmadi.

Ayni paytda Umid Miraliev oilasi bilan Toshkent shahrida yashab kelmoqda. O‘zining aytishicha, bu istiqomat uning uchun zarurat, cheklovlar sabab sobiq bloger hatto tug‘ilib o‘sgan qishlog‘iga bora olmayapti.

Tinimsiz kurashishlar, murojaatlardan so‘ng 2024 yil iyunda Miralievga nisbatan qo‘llanilgan uy qamog‘i sud tomonidan bekor qilinadi. Ammo, uy qamog‘i bekor qilinganidan hech qancha vaqt o‘tmay, u kaltaklab ketildi. Blogerning da'vo qilishicha, u va uning ukasini mahalliy hokimiyat buyurtmasi bilan kaltaklashgan.

Darvoqe, Umid Miraliev uni tuzoqqa tushirgan, unga nisbatan adolatsiz hukm chiqargan, o‘zi va oilasiga bosim o‘tkazgan vallomatlarni xalq va xalqaro hamjamiyat, yuqori mutasaddi organlar tanib olishlarini istadi va ular faoliyatiga oid barcha jinoiy dalillarni bo‘lishishga tayyorligini ma'lum qildi.

Ko‘raëtganingiz rasmdagi odam bloger Umid Mavlonovni kaltaklatgan va IIBga shikoyat qilib o‘zini jabrlanuvchi qilib ko‘rsatgan adliya vazirligi Shaxrisabz tuman boshqarma boshlig‘i Farxod G‘aniev. Uning xatti harakati o‘g‘irlik paytida dod o‘g‘ri urdi deb o‘zini urib dodlagan o‘g‘riga o‘xshaydi. Xozir bu qo‘shtirnoq ichidagi jabrdiyda 100 ming dollar pora olgani ortidan sud qarori bilan qidiruvga berilgan.

Bizga ma'um bo‘lishicha bu paraxo‘r adliya mulozimi Qashqadarëga bemalol yuribdi.

Qashqadarë O‘zbekiston qonunlari ishlmaydigan alohida daxlsiz xududmi.

Mavuga nuqta qo‘ymaymiz. Chunki muammo yechimi hanuz yo‘q!  

Tag‘in o‘qing
15 january 2021
Salom, azizlarim. O‘tgan galgidan ko‘ra davramiz yana kengayganini ko‘rib sevindim. Yaqindagina 200 ming edik. Mana, yana 4000 qo‘shilibdi. To‘yda ...
27 september 2019
Shu kunlarda hafsalam pirdir – aytganlarim nafcilambirdir. Qattiqroq gapirmaslik uchun ertak aytsam. Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bittasi ...
23 january 2024
2024 yilning 18 yanvarida Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin o‘tmishda Rossiyaga tegishli bo‘lgan, sovet ittifoqi qulaganidan so‘ng mustaqil mamlakatlar ...
28 december 2020
O‘zbekistonda mahkumlar mehnati sharafiga qo‘yilgan yodgorlikni buzishdi. Taassufki, u faqat bir necha kungina turdi, “oq paltoli” ziyolilar va “ma'naviyatli” ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...