Asosiy mavzular
8 august 2025

Kesilgan teraklar va kovlab tashlangan daryo bo‘yi

Eltuzga kelgan navbatdagi 5 ta so‘nggi murojaat O‘zbekistonning Samarqand, Namangan, Surxondaryo va Buxoro viloyatlaridan kelgan. Ular – ekologiya, gaz, kanalizatsiya va yo‘l muammolariga oid. Ularni sizga O‘zbekistonlik hamkasbim Shahina Abdurazzoq qizi o‘qib beradi.  Keyin esa, har biriga alohida to‘xtalamiz!

Dastlabki shikoyat. Samarqandda 2000ga yaqin  terakning kesib tashlanganiga  oid. Viloyatdagi yashil makonni yo‘q qilish haqida. Bu nimaga olib keladi? Maktub mazmuni bilan tanishsak oldin.

Ekologik muvozanatning buzilishi – nafaqat tabiat, balki inson sog‘lig‘i uchun ham xavflidir. Holbuki har bir daraxtni kesishdan oldin mutaxassislar avval bundan keladigan zararni baholashi va aholi fikri inobatga olinishi shart edi!
Keyingi shikoyat Namangan shahridagi yangi uylarning gaz tarmog‘iga ulanmaganiga oid. Nega bu uylar 1 yildan beri gazsiz qolmoqda Maktub mazmuni bilan tanishamiz.
Shikoyatdan anglashiladiki quruvchi shirkat va Raygaz o‘rtasidagi hujjatlar ziddiyatidan aholi jabr ko‘rmoqda. Masalani tez hal etish uchun aholi shikoyati viloyat hokimiyatiga yetib borishi va tegishli tartibda ko‘rib chiqilishi kerak. Keyingi maktub Narpayda daryo bo‘yining ekologiyasi vayron qilinayotganiga oid.
Daryo bo‘yida g‘ayriqonuniy qazish ishlari olib borilmoqda deyiladi xatda. Kim buni nazorat qiladi?»
Ayni shikoyat Ekologiya vazirligi tomonidan ko‘rib chiqilishi va qonunbuzarlarga jiddiy jazo qo‘llanishi, tabiatga yetkazilgan ziyon qoplanishi, ekologik muhit tiklanishi,  fuqarolarning dardi tinglanishi kerak. Keyingi shikoyat Termiz shaxrida kanalizatsiya suvi ochiq holatda oqib yotganiga oid.Nega bu xolat ikki oydan buyon xal etilmagan.

Vodokanal va hokimlikning passivligi – sog‘liq, ekologiya va turizm uchun xavfdir. Bunday holatlar uchun albatta joydagi raxbarlar javobgarlikka tortilishi kerak. Va nihoyat so‘nggi shikoyat Buxorodagi yo‘llarning nosoz xolati haqida.

Maktub Olot tumanidagi o‘nqir cho‘nqir yo‘llar haqida edi. Biroq bu muammo nafaqat Olot balki O‘zbekistonning hamma ichki xududlariga oid. Aholining yo‘l idorasiga to‘layotgan soliq pullari qaerga ketayapti. Nega bu yo‘lar tiklanmayapti?

Yo‘l-transport xizmatidagi ma'muriy mas'uliyatsizlik – aholining kundalik azobiga aylanmoqda. Bu xolatga chek qo‘yish uchun O‘zbekistondagi barcha yo‘llar xalqaro me'yorlarga mos remont qilinishi lozim!
Lekin yuqoridagi muammolarni hal qilish faqat rasmiylarning emas, barchaning ishi. Shu bois, o‘z hududingizdagi nosozliklar, muammolar haqida Eltuzga yozing. Biz faqat birgalikda jamiyatni yaxshi tomonga o‘zgartira olamiz!

Tag‘in o‘qing
24 december 2025
Qozog‘istonning Turkiston viloyat sudi 16 yashar o‘quvchi qizni jinsiy zo‘rlab o‘ldirgan 38 yashar o‘zbekni ashaddiy jiniyatchi deb topib umrbod ...
30 november 2020
O‘zbekiston paxtachilik tarmog‘ida bolalar mehnatiga barham berilishi, kattalar majburiy mehnatining sezilarli darajada kamayishida O‘zbekiston inson huquqlari forumi (sobiq O‘zbekiston-Germaniya ...
13 july 2016
Turli nashrlar va ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbeknavo raxbari Farhod Jo‘raevning xonandaga sahnaga chiqish emas, ruhshunosga uchrash tavsiyasini bergani haqidagi xabar ...
6 november 2025
Bilmaganlar bilib qo‘ysin. Suratdagi bu tip Prezident moratoriylariga zid ravishda 144ta daraxtni kesib tashlashga buyruq bergan Baxtiyor Rahmonov bo‘ladi. ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...