Asosiy mavzular
10 september 2025

Tashkent zooparkida bolasini ayiqqa tashlagan ayol uni pichoqlab o‘ldirdi

Toshkentda sodir bo‘lgan navbatdagi dahshatli voqea butun jamiyatni larzaga soldi. Uch yil avval qizchasini ayiq oldiga oldiga uloqtirib, o‘zining yirtqichligi bilan dunyoni hayratga solgan ona, endi o‘sha farzandini pichoqlab o‘ldirdi.

Voqea 8-sentyabr kuni yuz berdi. Ayol 7 yashar qizchasini o‘z uyida pichoqlagan. Qizaloq voqea joyida halok bo‘lgan.

Ko‘pchilik obunachilarimiz bu ayolni yaxshi eslaydi. Chunki Eltuz bu yirtqich ayol va uning qizchasi Zarina va Zuzu laqabli ayiq bilan bog‘liq heppi end bilan tugagan voqea haqida uch yil burun bir qancha xabar, video va maqolalar chop qilgan edi. Lekin jamiyatning befarligi bois ayolning bu safargi harakati fojia bilan yakun topdi. 

Eltuz o‘rgangan ma'lumotlarga ko‘ra, ayol yaqinda ruhiy kasalliklar shifoxonasidan chiqqan. Shifoxonadan qaytgan zahoti, u uyidagi farzandi Zarinani pichoqlab o‘ldirgan. 

Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Jinoyatga aniqlik kirizish uchen barcha choralar ko‘rilmoqda.

Qizaloqning o‘ldirishidan ancha ilgari sodir bo‘lgan voqea esa 2022 yilning yanvarida Toshkent hayvonot bog‘ida sodir bo‘lgan. Hayvonot bog‘iga kelgan ayol o‘zining Zarina ismli o‘sha paytda hali uch yashar bo‘lgan qizchasini ko‘pchilikning ko‘zi o‘ngida, besh metr pastda joylashgan ayiq voleriga tashlab yuborgan edi.

Voqea guvohlari va hayvonot bog‘i xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, Zuzu laqabli ayiq o‘z volerida yotib, qizaloqni uning oldiga uloqtirgan ayol harakatlarini kuzatgan. Keyin sekin borib qizaloqni hidlagan va unga tegmasdan uzoqlashgan.

Bog‘ ma'muriyati matbuot xizmatining xabarida yozilishicha, bog‘ ma'murlarining urinishlariga qaramay ayolni to‘xtatib qolishning iloji bo‘lmagan. “Yirtqichlar” bo‘limi xodimlari tezkor harakat qilib, ayiqni ichki xonaga olib o‘tishgan. Hayvonot bog‘i hamshirasi, qizchani ko‘rikdan o‘tkazgan.

Qayd qilinishicha, o‘shanda Zarina ayiq panjalari yoki tishlaridan emas, balki yirtqich onasining 5 metr balandlikdan uloqtirishi natijasida jarohat olgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining aniqlik kiritishicha, o‘shanda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 2-qismi “v” bandi (Qasddan odam o‘ldirishga urinish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, onaning ruhiy sog‘lom emasligi aniqlanib, unga majburiy davolanish belgilangan edi.

Oradan uch yil o‘tib, uyiga qaytgan ayol niyatini yakuniga yetkazdi. Yetti yashar qizaloq go‘rda. Bu voqea nafaqat fojia, balki ruhiy sog‘liq va jamiyatdagi muammolar haqida jiddiy savollar tug‘diradi.

Ruhiy nosog‘lom ayolning shifoxonadan chiqarilishiga, voyaga yetmagan qizalog‘i yoki qurboniga yaqinlashishiga nega yo‘l qo‘yildi?

Eltuz voqea jarayonini o‘rganishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘ling. Video yuzasidan izohlar qoldiring. 

Tag‘in o‘qing
10 january 2018
14 yanvar kuni denovliklar o‘tgan yili Ginnesga kirgan mega palov rekordini yangilashmoqchi. Rassom Tuz esa rekord kontseptini yanada ulkanroq ...
17 april 2024
«Gulim faqat ëzda kelar. Kayfiyatim sozda kelar» Bu qo‘shiq Chexiyadagi o‘zbeklarni bir qozon palov ustida bir yerga keltirgan kontsertda ...
21 may 2018
Prezident Mirziyoev 19-20 may kunlari Andijonda o‘tgan yig‘ilishda DXX xodimlariga uy qurish va maoshini ko‘tarishga va'da berdi. «Hozir qo‘l ...
15 february 2017
Karabuk shahrida O‘zbekiston vatandoshi 39 yashar Jamshid Raimov, pichoq bilan qurollangan uch kishi tarafidan kaltaklanib, 1000 dollar pulini oldirdi. ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...