Asosiy mavzular
28 october 2025

Germaniya AESlaridan voz kechmoqda, O‘zbekistonchi?

O‘zbekiston hukumati halqdan bemaslahat Rossiya bilan hamkorlikda AES qurilishini boshlagan bir paytda rivojlangan mamlakatlar bunday zararli loyihalardan voz kechmoqda. Masalan, Germaniyada dunyodagi eng yirik AESlardan birining sovutgich minoralari portlatildi.

56 ming tonna temir-beton atigi bir necha soniya ichida qulatildi. Muhandislar konstruktsiyada oldindan maxsus teshiklar ochib, gradirnyalarning ichkariga qulashiga va changni bosish uchun suv favvoralarini ishga tushirishdi.

Gundremmingen AES Germaniyaning birinchi atom ob'ektlaridan biri edi. Uning birinchi bloki 1966 yilda ish boshlagan. Ishlab chiqarish cho‘qqisida stantsiya Bavariyada iste'mol qilinadigan elektr energiyasining to‘rtdan bir qismigacha ishlab chiqarardi.

Gundremmingenning oxirgi reaktori mamlakatdagi yadro energiyasidan bosqichma-bosqich voz kechish dasturi doirasida 2021 yilning 31 dekabrida o‘chirilgan. Sovutgich minoralarining portlatilishi esa mamlakat tarixidagi atom davrining  tugashini anglatadi.

O‘zbekistonda buning mutlaqo aksi. Mamlakat hukumati Rossiya federatsiyasi bilan hamkorlikda AES qurilishi loyihasini boshlagan. Katta qarzlar evaziga qurilishi rejalangan loyihaning shaffof va milliy manfaatlarga mos emasligi jamoatchilikda jiddiy xavotir uyg‘otmoqda.

Tag‘in o‘qing
17 february 2021
Curxondaryolik tadbirkor H.Olimov 17 fevral kuni prezident Mirziyoevga videomurojaat yo‘lladi. Murojaatida u Muzrabot tumani hokimi Erkin Olimov uni yo‘q ...
2 october 2023
Salom qadrli muxlislar. Eltuz portaliga kelgan navbatdagi beshta shikoyat maktubini o‘qiymiz. Ular O‘zbekistonning Xorazm, Farg‘ona, Surxondaryo va Rossiyaning Krasnodar ...
11 december 2018
Toshkentda 10 dekabr kuni «Ijtimoiy media mahsulotlari» tadbirida «Bi-Bi-Si» o‘zbek xizmati «O‘zbekiston do‘stlari» diplomi bilan mukofotlandi. Tadbirda diplom va ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...