Asosiy mavzular
13 november 2025

Kremlning O‘zbekistonga yuzlanishi nimani anglatadi?

11 noyabr kuni Moskvaning rasmiy Toshkentga nisbatan diplomatik faolligi sezilarli darajada kuchaydi. Bu jarayon, ayniqsa, Vashingtonda bo‘lib o‘tgan «Markaziy Osiyo – AQSh» sammitidan so‘ng, Rossiyaning Markaziy Osiyo mintaqasidagi ayniqsa O‘zbekistondagi pozitsiyasini mustahkamlashga qaratilgan aniq harakat sifatida namoyon bo‘ldi. Moskva ikki asosiy hamkori – Qozog‘iston va O‘zbekiston bilan aloqalarni chuqurlashtirish orqali mintaqaviy geosiyosiy o‘zgarishlarga javob qaytarishga intilmoqda.

Qozog‘iston Rossiya uchun asosiy strategik hamkor

Kunning asosiy voqeasi Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart To‘qaevning Rossiyaga davlat tashrifi bo‘ldi. V. Putinning taklifi bilan amalga oshirilgan bu tashrif to‘liq diplomatik protokol asosida, yuqori darajada tashkil etildi. Bu kabi rasmiy qabul (faxriy qorovul, orkestr) Rossiya uchun Qozog‘iston bilan munosabatlarning naqadar muhim ekanligini namoyon qiladi.

Muzokaralar davomida Qozog‘istonning mintaqadagi Rossiya uchun asosiy strategik hamkor ekanligi yana bir bor ta'kidlandi. Bu shubhasiz, birin ketin o‘z hamkorlarini yo‘qotayotgan bosqinchi Kremlning Markaziy Osiyodagi xavfsizlik va iqtisodiy loyihalarda Qozog‘istonga tayanishini anglatadi. Tashrif, Vashingtonning mintaqa bilan aloqalarni kengaytirishga urinayotgan bir paytda, Moskvaning o‘z ta'sir doirasini qayta tasdiqlashga qaratilgan muhim qadami deya baholanmoqda. Lekin bundan ham muhimroq qadam Markaziy Osiyoda eng aholisi ko‘p bo‘lgan O‘zbekiston sari qo‘yilgani anglashiladi. Avvalroq Eltuz Rossiya qurolli kuchlari safida eng ko‘p yollanma askar ham O‘zbekistondan ekani haqidagi ma'lumotlarni ochiqlagan edi.

Putinning Mirziyoevga qo‘ng‘irog‘i: O‘zbekistondagi strategik sheriklikni kengaytirish

Shavkat Mirziyoevning AQShga tashrifi tugashi bilanoq unga Rossiya prezidenti Putin telefon qilib suhbat o‘tkazdi. Ma'lumotlarga ko‘ra, suhbat tashabbuskori aynan Rossiya bo‘lgan. Bu qo‘ng‘iroq, Kremlning mintaqadagi faolligini yanada kengaytirishga intilayotanini ko‘rsatadi.

Bundan avval Eltuz O‘zbekistonning Rossiyaga paxta maxsulotlari va jumladan jangovor snaryadla va raketalar uchun asosiy komponent hisoblangan nitrotsellyuloza maxsulotlarini ko‘plab miqdorda yetkazib berayotgani va g‘arb sanktsiyalariga tushgani haqida yozgan edi. Ma'lumki O‘zbekistondagi nitrotsellyuloza paxtadan olinadi.

Shu o‘rinda  C5+1 sammitida imzolangan bitimlarga ko‘ra kelishuv doirasida O‘zbekiston — dunyoning eng yirik paxta ishlab chiqaruvchi mamlakatlaridan biri bo‘lishiga qaramay, 100 ming tonna amerikon paxta sotib olish bo‘yicha uch yillik shartnoma tuzgani o‘rtaga chiqdi.

Ma'lum bo‘lishicha prezidentlar o‘rtasidagi telefon muloqotida bu kabi strategik sheriklikni yanada rivojlantirish, qo‘shma energetika loyihalari, savdo-iqtisodiy hamkorlik kabi asosiy masalalar muhokama qilingan. Demak O‘zbekiston Rossiyaga porox komponentlarini yetkazib berishda davom etadi.

O‘zbekiston Markaziy Osiyoning eng yirik aholisiga va resurslariga ega davlat sifatida, Rossiya uchun nafaqat savdo-iqtisodiy, balki strategik jihatdan ham muhim ahamiyatga ega davlatdir. 

Energetika loyihalari, ayniqsa, so‘nggi paytlarda muhokama qilinayotgan «gaz ittifoqi» doirasidagi masalalar yoki O‘zbekistonning energetika infratuzilmasini o‘zlashtirish ko‘p yillik urushda tinkasi qurigan Rossiya uchun o‘ta muhim ahamiyatga ega.

C5+1 sammitiga Rossiyaning javobi

Moskvaning 11 noyabrdagi faolligini tahlil qilar ekan, uning Vashingtonda bo‘lib o‘tgan «Markaziy Osiyo – AQSh» (C5+1) sammitiga Rossiya tomonidan berilgan keskin javob sifatida ko‘rish mumkin.

  1. To‘qaev tashrifi Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasidagi aloqalarning hali ham mustahkamligini g‘arbga namoyish qildi.
  2. Mirziyoevga qo‘ng‘iroq esa Rossiyaning O‘zbekiston bilan ham munosabatlarni yuqori darajada ushlab turishga va uning ko‘p vektorli siyosatida o‘z o‘rnini saqlab qolishga intilayotganini ko‘rsatadi.

Xulosa qilib aytganda, Moskvaning bu ikki diplomatik qadami – To‘qaevning davlat tashrifi va Mirziyoevga qilingan qo‘ng‘iroq – Rossiyaning Markaziy Osiyodagi asosiy o‘yinchi sifatidagi mavqeini saqlab qolish va g‘arbning mintaqaga bo‘lgan qiziqishi ortib borayotgan bir paytda o‘zining ta'sir doirasini mustahkamlashga qaratilgan aniq va muvofiqlashtirilgan harakat sifatida baholanmoqda.

Tag‘in o‘qing
16 may 2024
Yuqoridagi videoda Farg‘ona viloyati kadastr boshqarmasi boshlig‘i Nodir Mashrapov xodimlarni og‘ziga kelgan gap bilan bo‘ralab so‘kyapti. Nodir Mashrapovning so‘kong‘ichligi ...
17 november 2025
Bugungi kunni anglash uchun tarix ilmini bilish kerak. Tarix – bu o‘liklar haqidagi ilm. O‘lganlarni tinch qo‘ying deydigan oshqovoq ...
5 january 2016
Jizzax viloyati huquq-tartibot idoralari xodimlari asossiz, uydirma ayblovlar bilan qamoqda qolayotgan huquqbon O‘ktam Pardaevning oila a'zolariga Yangi yil “sovg‘a”si ...
11 november 2019
«Eltuz» nashri «Yozarning sasi» ruknida taniqli o‘zbek shoirasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, 67 yashar Qutlibeka Rahimboevaning millat va ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...