Asosiy mavzular
1 december 2025

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida milliardlar qaerga ketdi?

Kambag‘allikni Qisqartirish va Bandlik vazirligi faoliyati yuzasidan jamoatchilikda bir qator savol va tashvishlar paydo bo‘lmoqda. Ayrim manbalarda ta'kidlanishicha, vazirlikning mehnat inspektsiyasi bilan bog‘liq ishlarda kamchiliklar mavjud bo‘lgani uchun Xalqaro Mehnat Tashkilotining 81 va 129 konventsiyalariga oid talablar to‘liq bajarilmagani qayd etilgan. Shu bois O‘zbekistonga nisbatan xalqaro ekspertlar tomonidan tanqidiy baholar berilgani aytiladi.

Jamoatchilik fikrida asosiy savollardan biri 2025 yil davomida vazirlik nomidan amalga oshirilgan bir necha xizmat safariga taalluqli. Rossiya, Jeneva, Janubiy Koreya, Kambodja, Turin, Avstriya va boshqa davlatlarga uyushtirilgan tashriflarga, ma'lumotlarga ko‘ra, Mehnat inspektsiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari Nilufar Amaniyazova rahbarlik qilgan. Shu munosabat bilan vazirlikda nega doim bir shaxs boshchilik qilishi, buning sabablari va zaruriyati haqida jamoatchilik o‘rtasida turli fikrlar paydo bo‘lmoqda.

Ayrim hisob-kitoblarda har bir safar davlat byudjetiga taxminan 300–400 million so‘m atrofida tushgani bildirilgan. Umumiy hisobda bir necha safar xarajatlari ikki milliard so‘mdan yuqori bo‘lishi mumkinligi haqida ham fikrlar aytilmoqda. Ammo bu safarlar qay darajada samara berdi va ularning natijalari jamoatchilikka ochiq taqdim etildimi?

Vazirlikdagi ko‘plab xodimlarning fikricha, agar ushbu mablag‘lar samarali yo‘naltirilganida, mamlakatda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam ko‘rsatish, reabilitatsiya markazlari qurish, nogironligi bo‘lgan shaxslarga zarur anjomlar xarid qilish yoki kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha dasturlarni qo‘llab-quvvatlash mumkin edi.

Vazirlik xodimlari talabiga ko‘ra, davlat organlari bunday masalalar bo‘yicha ochiq axborot taqdim etishi, sarflangan mablag‘larning maqsadga muvofiqligini tushuntirishi va aholining ishonchini mustahkamlashi muhim. 

Mutaxassislar fikricha, davlat idoralari faoliyatida ochiqlik va javobgarlik yuqori bo‘lsa, kelgusi qarorlar samarasi ham oshadi.

Tag‘in o‘qing
9 september 2019
O‘zbekistonning eng mashhur mehmonxonasi ancha arzon narxda sotuvga qo‘yilganiga bir necha oy bo‘lganiga qaramay, shu paytgacha uning xaridori topilayotgani ...
3 october 2015
Surxondarë viloyatida Soliq Inspektsiya xodimlari oshxona va do‘konlarga kechasi soat 21:00 larda kirib korxona raxbarlariga do‘q qilib: «Agar ertagaëq ...
15 december 2015
Bugun Ostersund tuman sudi Obid Nazarovga suiqasdda ayblangan toshkentlik yollanma qotil Yuriy Jukovskiyni 18 yilga ozodlikdan mahrum qilish haqida ...
25 november 2025
Farg‘onaning Buvayda tumanida hokimlikning katta mansabdori ekoinspektorga qo‘l ko‘tardi.  Aholi shikaoyatidan keyin joyiga yetib borgan Ekologiya qo‘mitasi inspektori Axrorjon ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...