Anons
5 april 2025

Jasur Hamroev olamdan o‘tdi

Jurnalist¸ Shov-shuv.uz loyihasi asoschisi va bosh muharririri¸ shou biznes xamda qo‘shiqchilar dunësi haqidagi kontentlar yaratib  kelgan  Jasur Hamroev  5 aprel kuni 42 yoshida o‘ldi.

Jasur Hamroevning qandli diabet kasalligi oqibatida olamdan o‘tkani aytildi

Jasur Hamroev Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanida tug‘ilgan.

ToshPMIda tahsil olgan.

IIMC (Indian Institute of Mass Communication) ning «Development Journalism” kursini muvaffaqiyatli tugatgan.

O‘zbekistonda madaniyat, san'at, ijtimoiy hayotga daxldor so‘ngi xabarlardan darak beruvchi www.shov-shuv.uz sayti asoschisi.

Sayt  O‘zbekistonda  birinchilardan bo‘lib tashkil etilgan bo‘lib, dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlaridan muntazam tashrif buyuruvchilariga ega.

Hamroev yillar davomida O‘zbekistondagi madaniyat, shou-biznes va shu yo‘nalishdagi qator boshqa veb-saytlar rivojlanishida salmoqli hissa qo‘shgan.

“Darakchi” gazetasining ommalashishida (Anvar Namozov bilan birgalikda) ancha hissa qo‘shgan.

O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan yuzlab tadbirlarda bosh axborot ko‘magi sifatida ham ko‘mak bergan.

Sayt O‘zbekiston internet jurnalistikasi tarixida ilk bor yirik madaniy tadbirlarda xorijiy axborot ko‘magi bo‘lgan:

IIFA (Internatioanl Indian Film Academy Awards) 2012 – Singapore

IIFA (Internatioanl Indian Film Academy Awards) 2013 – Makao

NABSHOW 2013 – Las-Vegas

Cinemacon 2013 – Las-Vegas

Nyu-Yorkda “UzTVNyuYork” tomonidan tashkil etilgan tadbirlarda o‘zbek madaniyati va san'atini dunyo bo‘ylab keng targ‘ib qilayotgani uchun maxsus sertifikatlar bilan taqdirlangan.

20 000 dan ortiq intervyu va maqolalari o‘zbek va xorij nashrlarida chop etilgan.

Raxmatli sayohatni xush ko‘rardi. Dunyoning 50 dan ortiq shaharlarini kezgan.

Hamroev o‘z umr so‘ngida O‘zbekiston “Adolat” sottsial-demokratik partiyasining Toshkent shahar Yakkasaroy tumani kengashi raisi sifatida faoliyat olib borgan edi. 

Hayotdagi shiori: “Faqat yaxshilik qoladi! Hayotda hamma ezgulik qilganida, yomonlikka hech kim doyalik qila olmagan bo‘lur edi!”

Rassom Tuz va Eltuz jamoasi o‘z hamkasbi Jasur Hamroev o‘limi yuzasidan uning yaqinlariga ta'ziya bildiradi.

Tag‘in o‘qing
28 february 2022
Ukraina atrofidagi 27-dan 28 fevralgacha bo‘lgan kun davomidagi o‘zgarishlar qisqacha Yevropa Ittifoqi o‘z tarixida birinchi marta Ukraina uchun qurol ...
4 august 2025
2025–2026-o‘quv yili uchun Buxoro davlat pedagogika institutida o‘tkazilgan kasbiy ijodiy imtihonlar yana bir bor O‘zbekistondagi oliy ta'lim muassasalari qanday ...
20 january 2020
Bosh vazir Abdulla Aripov 18 yanvar kuni 2020 yilda Humo Air davlat aviakompaniyasi tashkil etilishini e'lon qildi. Uning so‘zlariga ...
7 august 2025
Odamlarda san'at haqida umumiy tasavvur bo‘lishi uchun. Nega asar muzeyda turadi? Muzey eskponatinii nega davlat muhofaza qiladi? Nega oddiy ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...