Asosiy mavzular
14 january 2018

Yozuvchi Nosir Fozilov vafot etdi

13 yanvar kuni Toshkentda taniqli o‘zbek yozuvchisi Nosir Fozilov 88 yoshida vafot etdi. Adibni yaqindan bilgan kishilar uning kamtar va xokisor bir odam bo‘lganini eslashadi.

Nosir Fozilov 1929 yili Chimkent viloyatining Turkiston tumanida tug‘ildi. 1954 yili Toshkent davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagach, «Gulxan» va «Sharq yulduzi» jurnallarida adabiy xodim sifatida ishladi. 1984 yildan esa G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyotida proza bo‘limini boshqardi.

Yozuvchi «Shum bolaning nabiralari», «Irmoq», «Qora xat», «Ko‘klam qissalari» kitoblari, «Oqsoy» va «Saraton» qissalari bilan tanildi.

«Shum bolaning nabiralari» asari uchun G‘afur G‘ulom mukofoti va qozoq adabiyotidan o‘zbek tiliga tarjimalari uchun Qozog‘iston Yozuvchilar uyushmasining Beyimbet Maylin nomidagi mukofoti sohibi bo‘lgan.

«Eltuz» nashri marhumning oila a'zolari, hamkasblari va do‘stlariga ta'ziya bildiradi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
5 june 2025
«O‘zbekiston 24» telekanali bugungi kunda mamlakatning eng nufuzli axborot manbalari qatorida turadi. Ammo kanal ichki muhiti haqida haqiqatni aytish ...
11 september 2017
Hollivudning mashhur kinoakteri Stiven Sigal 9 sentyabrda Toshkentda bo‘lib o‘tgan Asian Fight 2017 Xalqaro jang turnirida qatnashmadi. Shu kuni ...
31 july 2018
O‘zbekistondagi «Toshturma», Ukrainadagi «Obolon» turmasidan har bir kamerada «loxmach»lari va «kozyollari» borligi bilan farq qiladi, deya eslaydi Muhammad Bekjon ...
28 april 2024
«Haëtda har bir odam qiladigan uch ish bor. Daraxt ekish. Farzand o‘stirish va kitob ëzish.»Bu gap 19 asrda yashab ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...