Asosiy mavzular
16 may 2025

Tokioda besh nafar talonchilik qilgan o‘zbek ushlandi

Tokio politsiyasi Tokio shahrining markaziy tumanlaridan biri Shibuyada 2024 yil dekabr oyida sodir etilgan talonchilik va hujumda gumon qilinayotgan 20 yoshlar atrofidagi besh nafar o‘zbekistonlik erkakni qo‘lga oldi.

Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, ushbu besh kishi o‘tgan yilning 30 dekabr kuni soat 5:30 larda Shibuya tumanidagi Marusiyama-cho ko‘chasida uch nafar xorijlik erkak va ayol bilan atayin janjal chiqarib, ularning hamyonlari va sumkalarini talon-taroj qilgan. Ular umumiy 210,000 iena (taxminan 1,350 dollar) qiymatidagi buyumlarni o‘g‘irlashgan. Gumonlanuvchilardan biri jabrlanuvchi erkakni yuziga tepib, jarohat yetkazgani aytilmoqda.

Politsiya bildirishicha, to‘rt nafari Yaponiyada noqonuniy ravishda yashab kelayotgan bu guruh kamida 10ta holatda Shibuya va Shinjukudagi ko‘ngilochar hududlarda mast odamlarning kredit kartalarini o‘g‘irlab, ular orqali smartfonlar sotib olib, qayta sotish orqali taxminan 8 million iena (taxminan 51,600 dollar) ishlab topgan bo‘lishi mumkin.

Guruh yetakchisi deb hisoblanayotgan 21 yoshli erkak hozircha advokati bilan uchrashmaguncha hech narsa demasligini aytgan. Qolgan to‘rt gumonlanuvchi esa barcha ayblovlarni rad etgan, dedi politsiya.

Tag‘in o‘qing
16 february 2017
Rossiya matbuoti, 14 fevral kuni Kaliningrad aeroportida yonida 15 kg quruti bo‘lgan O‘zbekiston vatandoshi ushlangani haqida xabar berdi. Ma'lum ...
31 august 2020
«Temir daftar»da, ya'ni surunkali kam ta'minlanganlar ro‘yxatida to‘qlikdan cho‘chqaday semirgan, yem yegan eshakdek tepong‘ich kimsalar ham bor. Ko‘p. Ular ...
30 may 2017
Respublikadagi ko‘plab informatsion dasturlarning yopilishi evaziga tashkil qilinayotgan «O‘zbekiston 24» telekanali 27 iyundan efirga chiqadi. Bu kanal dasturlari O‘zbekiston ...
20 january 2026
O‘zbekistonda faqat Xorazmdagina hafta kunlari o‘zbekcha aytiladi, boshqa viloyatlarda, hatto adabiy tilimizda ham hafta kunlarini forscha nom bilan atash ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...