Asosiy mavzular
26 september 2025

Toshkent viloyatida o‘nlab bola qatiqdan zaharlandi

Toshkent viloyati bog‘chalarida bolalar ommaviy zaharlanmoqda. Pskent va Bo‘ka tumani yuqumli kasalliklar shifoxonalari o‘nlab bolalarga to‘lgan. 

24-sentyabr kuni viloyat bo‘yicha ommaviy sanitar va epidimiolik holat tekshirishga buyurildi. Unga ko‘ra, Pskent va Bo‘kadagi yuqumli kasalliklar shifoxonalarida bolalar ovqatdan zaharlanish holati qayd etilgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, bolalar qatiqdan zaharlangan. Ushbu mahsulot Oqqo‘rg‘on tumanidagi xususiy korxonada ishlab chiqarilgan 3,2 foizli qatiq mahsuloti bo‘lgan. 

Bolalarning ahvoli mo‘'tadil. Vafot etganlar yo‘q, jabrlanganlar soni aniqlanmoqda. 

Vazirlik va Sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan vaziyat nazoratga olinib, tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Tag‘in o‘qing
17 may 2023
Bundan 10 yilcha oldin Pragada darë toshib, uylarni g‘arq qiladi degan gapni ofatdan bir kun oldin aytishdi. Qiziq tuyg‘u ...
5 september 2023
Salom qadrli muxlislar. Eltuz portaliga kelgan so‘nggi beshta maktubni o‘qiymiz. Ular O‘zbekistonning Samarqand, Toshkent, Navoiy va Jizzax viloyatlaridan kelgan. ...
2 march 2016
Shvetsiyaning Sundsvall shahrida o‘tgan appelyatsiya mahkamasiga ko‘ra Obid Qori Nazarov joniga qasd qilgan toshkentlik yollanma qotil Yuriy Jukovskiyga berilgan ...
31 august 2023
Moskvada o‘zini elchixona vakili deya tanishtirgan shaxs o‘zbek migrantlarga harbiy xizmatga chorlov qog‘ozi tarqatayotgani haqida xabar Eltuzga yetib keldi. ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...