Asosiy mavzular
2 january 2026

O‘zbek migrantlarini Rossiyada qanday xavf kutmoqda? 

Rasmiy hisob-kitoblarga ko‘ra, hozirda Rossiyada 2 millionga yaqin O‘zbekiston fuqarosi mehnat migranti sifatida faoliyat yuritmoqda. Ular asosan qurilish, kommunal xizmat, transport va xizmat ko‘rsatish sohalarida ishlaydi. 

Lekin so‘nggi paytlarda Rossiya mehnat bozorida yangi va jiddiy raqobatchi paydo bo‘ldi. Hindistondan kelayotgan millionlab migrantlar Rossiya mehnat bozorini egallashi mumkin. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, Rossiyaga 3 milliondan ortiq hindistonlik migrantlarni jalb etish rejalari muhokama qilinmoqda yoki ayrim sohalarda allaqachon amalga oshirilmoqda. Bu holat Rossiyada ishlab yurgan o‘zbek migrantlari uchun jiddiy raqobat muhitini yaratadi. 

Birinchidan, hindistonlik ishchilar bugungi kunda o‘zbek migrantlariga to‘lanayotgan maoshning uchdan bir qismiga ham rozi bo‘lyapti.  Qurilish yoki og‘ir jismoniy mehnat sohasida ish beruvchi uchun eng asosiy mezon – xarajatni kamaytirish. Shu nuqtai nazardan qaralganda, arzon ishchi kuchi bozor qonunlariga mos ravishda ustunlikka ega bo‘ladi.

Ikkinchi omil – yashash sharoitiga munosabat. Hindistonlik migrantlar bitta xonadonga o‘ttiz-qirq nafar bo‘lib joylashishga ham tayyor. Bu esa ish beruvchilar va vositachilar uchun turar joy xarajatlarini keskin kamaytiradi. O‘zbek migrantlari esa, tabiiyki, yaxshiroq yashash sharoitini talab qilishadi.

Uchinchi jihat – mehnat intizomi. Hindistonliklar mehnatkash, ish tanlamaydigan, qiyin sharoitga tez moslasha oladigan ishchi kuchi sifatida baholanmoqda. Ular sovuq iqlimga chidamsiz bo‘lishi mumkin, ammo begona muhitga moslashuvchan.  Bunga misol sifatida Dubayni keltirish mumkin: ushbu megapolisning katta qismi aynan hindistonlik ishchilar mehnati evaziga barpo etilgan.

Yuzaga kelayotgan bu raqobat ikki yirik xavfni keltirib chiqaradi. Birinchi xavf – o‘zbek migrantlarining bir qismi Ukrainaga yollanib ketishi, Rossiyada ish sharoiti yomonlashsa yoki ish o‘rinlari qisqarsa, yurtdoshlarimiz yuqori haq va'da qilingan xavfli hududlarga yo‘l olishi mumkin. Bu milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi.

Ikkinchi xavf – migrantlarning ommaviy ravishda O‘zbekistonga qaytishi. Agar Rossiya bozorida o‘zbek mehnatkashlari siqib chiqarilsa, yuz minglab, balki millionlab odamlar yurtga qaytishi mumkin. Bu esa ichki mehnat bozoriga katta bosim qiladi, ishsizlik darajasi ortib, ijtimoiy keskinlik kuchayadi.

Tashqi mehnat migratsiyasi masalasi endilikda faqat iqtisodiy emas, balki strategik muammoga aylandi. O‘zbekiston uchun eng to‘g‘ri yo‘l – migrantlar malakasini oshirish, ularni raqobatbardosh qilish, ichki iqtisodiyotda barqaror ish o‘rinlari yaratishdir. Aks holda, tashqi bozordagi har qanday o‘zgarish mamlakat ichida jiddiy ijtimoiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Tag‘in o‘qing
6 july 2017
Prezident Mirziyoevning 29 may kungi qarori bilan «O‘zbekenergo» 6 562 nafar elektromontyorni, «O‘ztransgaz» esa 4 255 nafar gaz tekshiruvchini ...
26 march 2021
“Bilasizmi,” – deydi U sizga tikilib, – Nechun «Erk» deganda, Qushning nomin bog‘lab aytarlar, “Qushday erkinman”, deb aytarlar nega? ...
28 january 2026
Parijning ramzi hisoblangan Eyfel minorasi qurilishit aynan 1887 yil 28 yanvar kuni boshlangan. Qizig‘i shundaki, o‘sha paytda ko‘plab frantsuz ...
29 august 2023
Poytaxtning ko‘pqavatli uylaridan birida qo‘shnisinikida bo‘layotgan milliy to‘y urf odatlariga nafrati jo‘sh urgan ayol aks etgan video Eltuzga yetib ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...