UzPoster
23 february 2019

Poytaxtni ko‘chirish – ma'qul taklif

​​Evril Turonning poytaxtni Jizzaxga ko‘chirish haqidagi taklifini ko‘pchilik kulgi ostiga oldi, kimdir paxta qo‘yish sifatida baholadi. Menga esa taklif ancha jo‘yali tuyuldi.

Poytaxt ko‘chirish fenomeni katta yangilik emas — boshqa davlatlar tarixida kuzatilgan holatdir. Uzoqqa bormaylik, Qozog‘iston eski Oqmo‘la shaharchasi o‘rniga yangi Ostona shahrini qurib, poytaxtni unga ko‘chirdi. Turkiyada ham poytaxt Anqaraga olib o‘tilgan edi o‘z vaqtida. Uzoqroq o‘tmishga qaraydigan bo‘lsak, Pyotr I Sankt-Peterburgni bunyod etib, unga poytaxtni olib o‘tganini eslash mumkin.

Poytaxt ko‘chirilishi bizga nima beradi?

1) Yirik shaharlar sonining ko‘payishiga olib keladi. Taraqqiyot asosi yirik shaharlar ekanligini inobatga olsak, shuning o‘ziyoq katta yutuq.

2) Toshkent madaniyat markazi bo‘lib qolsa, siyosat yangi tashkil etiladigan yoki qayta quriladigan birorta shaharga ko‘chirilsa, bu yashash sharoiti yuqori bo‘lgan shaharlar soni bitta emas, ikkita bo‘ladi degani. Ya'ni chiroq-gaz o‘chmaydigan, internet uzilib qolmaydigan, millionlab odamlarni sig‘diradigan ikkita birlik bo‘ladi, katta-kichik kompaniyalar mahsulot va xizmat sotishi uchun ikkita katta bozor bo‘ladi.

3) Toshkentga migratsiya bosimi kamayadi, ya'ni chekka hududlardan ko‘chib keladigan fuqarolar bitta emas, ikkita shaharga ko‘chadi, hukumat qo‘rqadigan xayoliy kollaps ehtimoli yo‘qqa chiqadi.

4) Davlat bir yangilanib oladi — jiddiy o‘zgarishlardan keyin omadsizliklarni unutib, yangi yutuqlarga intilishga sabab bo‘ladi.

Albatta, balki bu natijalarga erishishning osonroq yo‘llari bordir, masalan, aholining ko‘pchiligini poytaxtga ko‘chirish yoki bo‘lmasa, bir-ikkita yirik shaharni yanada yiriklashtirish. Endi uyog‘ini iqtisodchilarga qo‘yib beraman, yuqoridagi havaskorona fikrlarim bilan cheklanaman va har doimgiday absolyut haqiqatga da'vo qilmayman.

Eldar Asanov,
Telegramdagi «Asanov formati» blogeri

Tag‘in o‘qing
9 april 2018
9 aprel kuni feysbuk ijtimoiy tarmog‘ida paydo bo‘lgan, O‘zbekiston davlat bayrog‘i fonida to‘pponchani mushukka tirab turgan erkak fotosi mushuksevarlar ...
12 june 2020
Gohida sizni gar o‘rtasa alam, Qora bo‘lib ketsa bu yorug‘ olam, Ko‘zlarda aylansa adashgan bir nam, Odamlar bor ko‘ngilga ...
24 april 2020
Qadrli «Eltuz» ko‘rarmonlari, men sizning har juma rassom Tuz va'zlarini kutayotganingizni bilaman va sizning e'tiboringizni qadrlayman. Afsuski, bu hafta ...
29 january 2022
Onasi hayvonot bog‘idagi ayiq oldiga uloqtirgan uch yashar qizaloq Toshkentdagi kasalxonada qolmoqda. Qizning ahvoli «qoniqarli» 5 metr balandlikdan tushgan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...