Ko‘zqarash
13 january 2026

Shilqimiston qashshog‘ining Tailanddagi seks sarguzashti

O‘zbekistonlik ongsiz mardum Tailandda voyaga yetmagan qizga seks hujum qilishda ayblanib qamoqqa olindi.

O‘zbekiston vatandoshi Firuz Axmedov 11 yanvar kuni Pxuketning May Kxao hududida joylashgan “Golden Cat” restoranida voyaga yetmagan  qizni haqoratli tarzda ushlab, paypaslab tayiga bosib qilish ilinjida bo‘ldi. 

Hodisaga ko‘ra, Axmedov hojatxonadan chiqayotgan qizning yo‘lini to‘sib, unga tegingan. Hojatxonaga qamab emchagini ezg‘ilagan. Qizning qichqiriqlari restoran xodimlari va mehmonlarining e'tiborini tortgan.

Tailand politsiyasi Firuz Ahmedovning qo‘liga kishan solib olib ketdi. Hojatxona ënidagi kamera tasvirlari va restoran xodimlari guvohligi dalil-isbot sifatida olindi. 

Tailand matbuotida ëyinlangan ma'lumotlarga ko‘ra, hodisa soat 22:20 atrofida May Kxao qishloq okrugining 4 mahallasida joylashgan Soi May Kxao 5 dagi “Golden Cat” restoranida sodir bo‘lgan. Ta Chatchay politsiya bo‘limi xodimlari gumonlanuvchi restoran xodimlari va mehmonlari tomonidan voqea joyida ushlab turilganini tasdiqladi.

Firuz Axmedovning seksual shilqimligi O‘zbekistnda o‘zlari ham shilqimlikka moyil, seksist o‘zbek sudyalari tarafidan besh sutka qamag‘ bilan jazolangan bo‘lardi.

Tailand qonunchiligida esa odob-axloqqa zid harakatlar, ayniqsa voyaga yetmaganlarga nisbatan seksual jinoyatlar og‘ir jinoyat turiga kiradi. 

2025 yil oxirida kuchga kirgan yangi jinsiy jinoyatlar to‘g‘risidagi qonunlarga ko‘ra, roziliksiz har qanday jinsiy aloqa uchun 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi mumkin.

Phuket News” nashrining xabar berishicha, bunday shilqim erkakka yaqin ëki  aloqador bo‘lgan xorijiy fuqarolarni vizasini bekor qilish yoki mamlakatdan chiqarishni o‘z ichiga olgan immigratsiya tekshiruviga duch kelishi kutilmoqda. 

Xozircha o‘zbek shilqim Tailand qamag‘ida. Nima degandilar shair bovomiz?

Qayda yursang boshda do‘pping g‘oz yurarsan kekkayib… 

Men nima deyman: chiranma g‘oz, hunaring oz.

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
15 april 2021
5 aprel kuni maktabdan kelinoyisi tomonidan olib ketilgan 5-sinf o‘quvchisi Ma'rifat Asatullaevaning jasadi Katta Namangan kanalidan topildi. Qizni kanalga ...
13 may 2022
“Laylak keldi – ëz bo‘ldi, qanoti qog‘oz bo‘ldi”. Nega laylakning qanoti qog‘oz bo‘lganligini oldin ham tushunmagandim, xozir ham tushunmayman. Har xolda buni ëzgan ...
20 june 2025
2025 yil 16 iyun kuni videoselektor yig‘ilishida Prezident Shavkat Mirziyoev Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov haqida iliq fikr bildirgani ...
13 december 2017
12 dekabr kuni Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) O‘zbekistonda hukumatning majburiy mehnatni tugatish choralarini ko‘rgani haqida bayonot berdi. XMT saytidagi ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...