Ko‘zqarash
31 january 2026

Ibrat Safo:  Eskobar va Karimov paralleli

Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. Eng mashhur narkobaron Pablo Eskobar haqidagi seriallarni ko‘rgan bo‘lsangiz, bu shaharni bilasiz. Eskobar shu yerda tug‘ilgan, Medelin Karteliga asos solgan va hatto parlamentga shu hududdan saylangandi.

Do‘stimdan Eskobarga haykal yo muzey bor ekanmi, deb so‘radim. Haykal yo‘q, lekin uning oilasi yuritadigan xususiy muzey bor dedi. (Chipta narxi boshqa muzeylarnikidan to‘rt baravar qimmat.) Lekin, shaharda odamlar u haqida gapirishmas emish – gid ham atrofdagilar eshitib qolsa Eskobarni olqishlayapti yo tanqid qilyapti deb aytmasliklari uchun uning ismini biron marta tilga olmabdi. Medelinni dunyoga tanitgan shaxs bo‘lsa-da, Eskobar haqida ochiq munozara yo‘q.

Bular haqida gurunglashar ekanman, O‘zbekiston hukumatining bugun Islom Karimov haykali poyiga gullar qo‘yayotgan rasmlarini ko‘rib qoldim. Karimovni narkobaron demoqchi emasman, lekin uning ham shaxsi va siyosati ochiqcha va tanqidiy tahlil qilinmasligi ko‘p jihatdan Eskobarning merosini eslatdi.

Aftidan yangi ma'muriyat uning ko‘pgina siyosatlarini bekor/isloh qildi, lekin hanuz uni muhokama qilishda jurnalistlarga to‘siqlar, ko‘rinmas qizil chiziq bor. Bu, albatta, uning siyosiy merosi davom etayotgani bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Xuddi Medelinda ham Eskobarga yaqin siyosatchilar hanuz ochiqda qolayotgani va narkotrafik, avvalgichalik bo‘lmasa-da, bugun davom etayotgani kabi.

Tag‘in o‘qing
1 january 2026
Albert Eynshteyn O‘zbekistondan Parijga kelgan raqqosaning qo‘l ro‘moliga ëzgan formula nima edi? Bu formula vaqt tuynugi borligini ko‘rsatuvchi eng ...
7 december 2025
Umummilliy totuvlik, hamjihatlik muhiti O‘zbekistonning e'tirof etilgan xususiyatlaridan biridir. Yurtimizda yashovchi 130 dan ziyod millat va elatlar bizning boyligimiz ...
8 april 2021
(Shoir va siyosatchi Muhammad Solih audiokitobining davomi. Boshi «Eltuz»ning «Imperativ» ruknida. Davomi bor.) «Yoshullichilar»ning hammasini ham Nurali Qobul kabi ...
17 june 2016
80- yillar oxirlarida sahna yuzini ko‘rgan «Oyna» dramatik asari orqali prokurorlarning arzandi o‘g‘illari qilaëttgan jinoyatlarni fosh qilgan ëzuvchi «kommunist ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...