Dayjest
25 april 2016

Tilni yuqoridagilarga «til tekkizmay» himoya qilish mumkinmi?

«Milliy tiklanish» gazetasi o‘z muassisi bo‘lmish shu nomdagi partiya o‘zbek tilining sofligini saqlash, adabiy til me'yorlari va qoidalariga amal qilishga katta e'tibor qaratayotganini iddao qiladi.

Gazetaning bildirishicha, partiya vakillari tomonidan Toshkent viloyatida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida o‘zbek adabiy tili me'yorlari va qoidalari buzilishlarga yo‘l qo‘yilgani holatlari aniqlangan.

Xususan, ko‘plab tashqi reklamalarda va peshlavhalarda o‘zbek tiliga xos bo‘lgan harflar (q, g‘, o‘, h) noto‘g‘ri yozilgan. Parkent tumanidagi Zarkent ota ziyoratgohi peshtoqidagi lavhaning o‘zidagina 22 ta imloviy xato mavjud.

Aslida gazetada aytilgan bunday xatolarni minglab emas, milliontalab topish mumkin. Shuning uchun asl aybni o‘zbek tili yuqori doiralarda hali ham ikkinchi darajali bo‘lib qolayotganidan izlash to‘g‘ri bo‘masmikin? Yoki «Milliy tiklanish» buni bilmaydimi?

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
1 february 2025
Farg‘ona viloyatida fermerlar suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish uchun hokimiyat tomonidan majburlanmoqda. Biroq, bu jarayon qonunbuzarlik va manfaatlar to‘qnashuvi ...
11 february 2021
Qur'oni karimda 25 payg‘ambarning ismi zikr etiladi. Hadislarda esa yer yuziga jami 124 ming payg‘ambar yuborilgani haqda bildiriladi. Ulardan ...
29 may 2024
28 may kuni Peshku tumani hokimi Vahob Qahhorov tumandagi bank xodimlari bilan kreditlar qaytimi va soliq tushumlari masalasida majlis ...
15 march 2019
Odamlar eski paytda turlilikka toqatli bo‘lgan. Eski fotografiyalarda odamlar boshlaridagi do‘ppilar ham har hil ekanligini ko‘ramiz. Keyinchalik bir xillik ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...