Asosiy mavzular
21 march 2017

Istanbulda o‘zbek aël bo‘g‘ib o‘ldirildi

Istanbulning Fotih mavzeida O‘zbekiston vatandoshi 43 yashar Mushtariy. K. Ismli aëlni bo‘g‘ib o‘ldirgan 26 yashar Nejati. F ismli yigit qo‘lga olindi. Foto: aksam.com

Turkiyadagi “Oqshom” gazetasining ma'lum qilishicha, o‘zbek aël kunlik ijara uyda o‘z tanasini sotish bilan shug‘ullangan.

Nashrning politsiyaga tayanib bildirishicha, o‘zbek fohisha aël bilan mijoz o‘rtasidagi kelishmovchilik aëlning o‘limi bilan tugagan.

Vazir ko‘chasidagi uydan chiqqan jasad

Turk matbuotiga ko‘ra, dushanba kuni politsiya Fotih mavzeidagi Shahramini mahallasining Vazir ko‘chasidagi kunlik kira uylardan biriga kirganida aël jasadi bilan yuzlashgan.

Murdaning cho‘ntagidagi telefoni tekshirilganida uning oxirgi marotaba Nejati ismli yigit bilan gaplashgani aën bo‘lgan.

Pirovardida muxtamal qotil Nejati qo‘lga olingan.

“Shartnomani buzgani uchun bo‘g‘dim”

Turk matbuoti Nejatining ko‘rsatmalaridan iqtibos keltiradi.

“O‘zbek fohisha aël bilan pul evaziga bir kecha ëtishga kelishdik. Yarim kechagacha birga bo‘ldik. Tun yarim bo‘lganda aël ketmoqchi bo‘ldi. Men esa butun kecha uchun kelishganimni aytdim. O‘rtamizda tortishma chiqdi. Keyin men uni bo‘g‘dim. U yiqilganidan keyin men qo‘rqib uydan chiqib ketdim. O‘ldi deb o‘ylamadim. Hushidan ketdi degan fikrda edim” degan gumondor o‘z qilmishidan pushaymon ekanini politsiyaga bildirgan.

Bu jinoyat o‘tgan shanba kuni Turkiyada ayollarni fohishalikka majburlagan o‘zbek ayoli boshliq guruh ushlangani ortidan yuz bergani e'tiborga molik.

O‘zbek fohishalari ushlangani haqidagi habarlarni turk matbuotida kunora uchratish mumkin.

AQSh Davlat Departamentigning odam savdosiga oid 2016 yilgi hisobotiga ko‘ra, Turkiya inson savdosi uchun so‘nggi manzil va tranzit mamlakat hisoblanadi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
25 october 2015
Bugun dunyo matbuoti Rossiya migratsiya xizmati va politsiyasi ushlagan tojik oilasining olib qo‘yilgan besh oylik emizikli bolasi Umarali Nazarov ...
8 march 2021
Bundan o‘n yillar oldin, bahorning eng yoqimli pallasi – aprel oyining o‘rtalari edi, Olmaotaga qarab yo‘lga chiqqandim. Chernyaevka chegara ...
9 january 2017
2016 yilning iyulida Amsterdam sudi Takilant ofshor kompaniyasining Ucell mobil operatoridagi 135 million AQSh dollariga baholangan 6 foiz ulushini ...
5 november 2025
Okeannni oshib o‘tib Amerika Qo‘shma Shtatlariga keldim.  Vashingtondagi pasportchi qiz «safardan maqsad?» deb so‘radi. Men bu qizga «Amerikani dunë ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...