Asosiy mavzular
5 april 2019

DXX sobiq raisi Ixtiër Abdullaev DXX yerto‘lasiga ko‘chirildi

Joriy yilning 8 fevralida ishdan olinib, ustidan jinoyat ishi ochilgan DXX sobiq raisi Ixtiër Abdullaev 4 aprel kuni uy qamog‘idan DXX yerto‘lasida joylashgan tergov izolyatoriga olib kelindi. Bu haqda «Eltuz»ga xabar bergan DXX zobitining aniqlik kiritishicha, Abdullaev Mustaqillik maydoniga yaqin joylashgan sobiq MXX binosi yerto‘lasidagi hibsxonaga keltirilgan.

5 aprel – Davlat xavfsizlik xizmati kuni bayramini sobiq rais yerto‘lasida nishonladi, deb ma'lum qildi suhbatdosh.

«O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida»gi qonun 5 aprel kuni qabul qilingan. 2018 yilning 2 oktyabrida qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kunini belgilash to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq, 5 aprel Davlat xavfsizlik xizmati kuni etib belgilangan edi.

Hozir ayni tashkilot yerto‘lasida qamoqda qolaëtgan Abdullaev MXXning so‘nggi, Davlat xavfsizlik xizmatining esa birinchi raisi bo‘lib ishlagan.

2019 yilning 11 fevralidan buyon Davlat xavfsizlik xizmatiga general-leytenant Abdusalom Azizov raislik qilib kelmoqda.

Joriy yilning 8 fevralida ishdan olinib, ustidan jinoyat ishi ochilgan DXX sobiq raisi Ixtiër Abdullaevning qarindoshlari va hamtovoqlari nazoratga qolmoqda.

DXX raisining bojasi va sobiq maslahatchisi Alisher Eshonxo‘jaev hibsga olinib, tergov qilinmoqda.

Shuningdek, Toshkent shahri prokuraturasi tergovchisi Ashraf Eshonxo‘jaev, O‘zbekiston Bosh prokuraturasi departamentida bo‘lim boshliqligidan bo‘shatilgan Hasan Eshonxo‘jaev ham ushlangan. Bu sobiq mulozim qarindoshi, DXXning sobiq raisi Ixtiyor Abdullaevga qarshi ko‘rsatma bermoqda.

Ayni paytda bir yil muqaddam prokuratura tizimidan bojxonaga o‘tkazilgan 28 amaldor ishdan chetlatilib, ularning ba'zilari ustidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

«Eltuz» nashri DXX sobiq raisi Ixtiër Abdullaev ustidan ochilgan jinoyat ishi tafsilotlarini kuzatishda davom etadi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
16 march 2020
Assalomu alaykum, hurmatli o‘quvchi!  “Vaqt mashinasi” ruknida e'tiboringizni bugun Turkiston tarixining sovetlar hokimiyati o‘rnatilgan dastlabki davriga qaratamiz. Zotan, ulug‘ ...
27 october 2016
Bugun o‘zbek turmasida 23 yilu 4 oy qolgan 72 yoshli Samandar Qo‘qonov ozod etilgani haqida tarqalgan xabar noto‘g‘ri bo‘lib ...
10 april 2023
Salom qadrli muxlislar, bugun 10 aprel, e'tiboringizga Eltuz «600 sekund»ning  navbatdagi sonini taqdim etadi. +++ Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi ...
28 december 2020
2020 yilda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining onlayn sammitida O‘zbekiston va Kubaga tashkilot huzuridagi kuzatuvchi davlat maqomi berildi. Prezident Shavkat Mirziyoev ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...