• Foto: eltuz.com
Asosiy mavzular
8 may 2019

Andijon shahar avtobekatlarida do‘kon ochgan tadbirkorlar kitob sotishga majburlanmoqda

Andijon shahar hokimi Dilmurod Rahmatullaev shahar hududidagi avtobekatlarda savdo qiluvchi tadbirkorlarni bekatlarda kitob savdosini yo‘lga qo‘yish va kitob targ‘iboti borasidagi reklama bannerlarini o‘rnatishga majburlamoqda.

Ismi sharifi sir qolishini istagan tadbirkorlardan birining so‘zlariga ko‘ra, hokim selektor yig‘ilishida kitob sotmayotgan bekat egalarini oyoqqa turg‘izgan va zudlik bilan bekat ichida kitoblar bilan jihozlangan burchak tashkil qilish xaqida buyruq bergan.

Foto: Eltuz.com
Kitob sotish talab qilingan bekatlarda asosan yaxna ichimliklar sotiladi

«Shahardagi avtobus bekatlaridan birida oziq-ovqat mahsulotlari do‘koni ochganman. O‘zi savdo sust, tushum yaxshi bo‘lmayapti, ammo hokimning majburlashi bilan bekatning katta yo‘lga qaragan qismiga kitob o‘qishni targ‘ib qilishga bag‘ishlangan banner yozdirib yopishtirdim. Akfa materialidan shkafcha qurdirdim va kitoblar bilan jihozladim. Bularning bariga 3 million so‘mga yaqin mablag‘im ketdi. Oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qiladimi, nooziq-ovqatmi baribir, endi barcha bekatlarda kitoblar sotilishi shart ekan» deydi Eltuz muxbiri suhbatlashgan tadbirkor.

Prezident Shavkat Mirziëev 19 mart kuni o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida yoshlarni madaniyat, san'at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish va ularni kitob o‘qishga qiziqtirish kabi beshta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. Ushbu tashabbus ortidan butun mamlakat bo‘ylab yig‘ilishlar, seminarlar, kitob aktsiyalari, ko‘rgazmalar tashkil etilmoqda. Bekatlarda kitob savdosining yo‘lga qo‘yilayotgani ham ana shu kompaniya fonida tashkil etilmoqda.

Biroq, do‘kon egalari shahar hokimining tadbirkorlarning imkoniyatlari bilan hisoblashmasdan bu yangi biznesga majburlayotganidan norozi bo‘lishmoqda.

Foto: Eltuz.com
Kitob sotishdan tashqari savdogarlarga o‘z hisoblaridan banerlar o‘rnatish majburiyati ham yuklangan

Tadbirkorlarning «Eltuz»ga ma'lumot berishlaricha, ijtimoiy reklama yopishtirilmagan va kitob sotmayotgan do‘konlar hokimiyat tomonidan yopib qo‘yilmoqda.

“Damas” avtomashinasida bir guruh odamlar kelib, “nega haligacha banner yopishtirmading, nega kitob sotmayapsan, Prezident qarori senga o‘yinchoq bo‘ldimi”, deb do‘q urishib, bajarmagan tadbirkorlarga do‘konni yopishini buyurishyapti. Odamlarni kitob o‘qishga qiziqtirish yaxshi, lekin bu tashabbusini targ‘ib qilish uchun do‘kondorni majburlash kerak emas-da», – deydi avtobekatlardan biriga egalik qiluvchi tadbirkorlardan yana biri.

Ayni kunda shahardagi avtobus bekatlariga kitob targ‘ibotiga bag‘ishlangan ijtimoiy reklamalar o‘rnatilgan. Bitta reklama bannerining bahosi esa do‘kon egalariga 1 mln so‘mdan oshiqroqqa tushmoqda.

O‘tgan yili Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ko‘chalarda bepul kutubxonalar tashkil qilish tashabbusi bilan chiqqan, ko‘p o‘tmay shahardagi avtobus bekatlari va korxona-muassasalar yonida mo‘'jaz kutubxonalar paydo bo‘lgandi.

Foto: Eltuz.com
Boshqa muammo yaxshi kitoblar yo‘q yoki yoshlarda o‘qishga qiziqishning o‘zi yo‘q…

O‘shanda ham shahardagi korxona-tashkilotlar shahar hokimligi tomonidan bepul kutubxonalar tashkil etishga majburlangani, ko‘plari ko‘chalardagi bepul kutubxona uchun kitob javoni qurib, uylaridan kitob obkelib to‘ldirishgani aytilgandi.

Ko‘pchilik bu kutubxonalardan hech qanday naf bo‘lmagani, aksariyat bepul kutubxonalarda yaxshi kitoblar yo‘qligi, borlari esa doim qulflog‘lik turishi haqida iddao qilmoqda.

Eltuzga xabar yetkazgan tadbirkorning aytishicha, bu ularning bunday tashabbus, tashkilotchilik ishlariga birinchi marta majburlanishi emas. Yo‘l bo‘yidagi bino va inshootlarga egalik qiluvchi tadbirkorlar bino atrofidagi obodonchilik ishlariga mablag‘ tomonlama ham bosh qo‘shadilar. Bayramlarda ko‘chani bezab, bo‘yash va oqlash ishlarini bajaradilar. O‘z mablag‘laridan gul va daraxt ko‘chatlari sotib olib o‘tqazadilar.

Tadbirkor Prezidentning beshta ustuvor yo‘nalishi ortidan mahalliy raxbarlar shu kunlarda hamma joyda tadbirlarni avj oldirib, o‘zini ko‘rsatishga urinishayotganini bildirdi. Tadbirkorlar shikoyati yuzasidan izoh olish uchun «Eltuz» 7 may kuni telefon orqali Andijon shahar hokimligi bilan bog‘lanishga urindi, lekin telefon go‘shagini hech kim ko‘tarmadi.

Shohida Saidova
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
23 january 2017
Mirziyoevning pensionerlarga jamoat transportini bepul qilish va'dasi amalga oshmadi. Rasmiy idoralar o‘zbekistonlik pensionerlarga jamoat transportida tekin yurish huquqi berilishi ...
29 march 2024
Mana hafta aylanib yana oylar sultoni ramazonda siz bilan yuz ko‘rishdik. Ramazon oyida shaytonlarni zanjir bilan bog‘lab qo‘yishar ekan. MS: Og‘o, o‘zbekistondagi sheytonlani boylosh uchun zinjir ësosa dunëda damir qolmiydi. Nichiksizla, mo‘chchi oybika ...
31 march 2022
O‘zbekiston forumi (Uzbek Forum) va Transparency International tashkilotining Rossiya bo‘limi 29 mart kuni Gulnora Karimova pullarini O‘zbekistonga qaytarish jarayonida ...
6 november 2019
Yaqinda “Sharq ziyokori” kitob do‘konidan ulug‘ rus yozuvchisi Lev Tolstoyning “Jaxon bestsellerlari” ( aslida “jahon” bo‘lishi kerak) turkumi ostida ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...