Asosiy mavzular
15 may 2025

Qorovylbozorda bogchaga berilgan go‘shtdan 20 xil mikrob chiqdi

Bugun Eltuz tahririyatiga Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanidan yana bir murojaat kelib tushdi.

Murojaatda aytilishicha, «Aloqa sifat savdo» MChJ tomonidan Qorovulbozor tumani maktabgacha ta'lim muassasalariga yetkazib berilgan go‘sht iste'molga yaroqsiz bo‘lgan.

Shikoyatga ko‘ra, go‘sht sasib ketgan, ko‘kargan va foydalanishga mutlaqo yaroqsiz. Hatto maxsus laboratoriyada o‘tkazilgan tekshiruv natijalariga ko‘ra, bu go‘shtda 20 xil turdagi mikrob aniqlangan.

Shunga qaramasdan, muassasa rahbariyati bergan shikoyatlar va laboratoriya xulosalariga e'tibor berilmagan. Go‘shtni yetkazib bergan shaxs — Afzal Xoliqov esa go‘shtni olib ketishdan bosh tortgan.

Ma'lumot uchun, chirigan go‘sht 3 haftadan buyon maktabgacha ta'lim muassasasining muzlatgichida saqlanib turibdi.

Shikoyatchilarning ta'kidlashicha, yuqori tashkilotlar tomonidan zarur choralar ko‘rilmagani bois, ularning Afzal Xoliqovga qarshi harakat qilish imkoniyatlari cheklangan.

Mazkur holat yuzasidan jamoatchilik nazorati va davlat tashkilotlarining zudlik bilan aralashuvi talab etilmoqda.

Tag‘in o‘qing
7 october 2015
Qudrat Bobojon www.eltuz.com Kecha tushimga Shukrullo domla kiribdi. U kishi bilan hayotda faqat bir marta muloqot qilganman. U ham ...
30 november 2016
Namangan shahridagi byudjet idoralari va maktab xodimlariga Artel do‘konlarida sotilaëtgan lampochkalardan kamida ikki donadan sotib olishga majbur etilayotgani haqida ...
11 january 2026
O‘zi mamsiklik, ona emchagidan ajralmaganlik, separatsiya yo‘qligi ayrim o‘zbek erkaklari va onalarining trigger joylari.  Bundan avvalgi postda aynan shundaylar ...
20 november 2025
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri maslahatchisi Kusherbaev Rasul Xidralievich lavozimidan ozod etildi.
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...