UzPoster
30 january 2026

Robert Fitso: Trampning harakatlari xavfli

Politico nashri xabarida aytilishicha, Robert Fitso Donald Tramp bilan Floridadagi uchrashuvdan keyin uning holatidan «hayratda qolgan». 

Gap shundaki, Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso AQSh prezidenti Donald Tramp bilan Floridadagi Mar-a-Lago qarorgohida bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan keyin, Bryusseldagi Yevropa Ittifoqining favqulodda sammitida, ayrim yevropalik yetakchilarga Trampning ruhiy holati uni jiddiy xavotirga solganini aytgan.

Nashr manbasiga ko‘ra, Fitso Trampni xatto «xavfli «deb ta'riflagan.

Va u bu fikrini rasmiy bayonotda emas, balki sammit davomidagi yopiq va norasmiy suhbatlarda aytilgani ta'kidlagan. 

Qizig‘i shundaki, Robert Fitso, odatda, Trampga nisbatan iliq munosabatda bo‘lgan yevropalik siyosatchilardan biri hisoblanadi.

Shu sababli uning bunday bayonoti ayrim Yevropa yetakchilari orasida hayrat uyg‘otgan.

Biroq, keyinchalik Robert Fitso bu xabarlarni rad etgan. U o‘zi haqda tarqalgan ushbu ma'lumotlarni asossiz deb atab, Tramp haqida bunday gaplarni aytmaganini bildirgan.

Tag‘in o‘qing
5 january 2026
1919 yil 5 yanvarda Myunxendagi «Shiber» pivoxonasida sodir bo‘lgan voqea kichik bir siyosiy guruhning yig‘ilishidek ko‘rinsa-da, aslida u insoniyat ...
25 may 2016
«Hurriyat» gazetasida mahalla to‘g‘risida e'lon qilingan maqolada «sovet davrida qaergadir «spravka» kerak bo‘lgandagina murojaat qilinadigan idora» bo‘lgan mahalla mustaqillik ...
25 july 2016
Bolaligimda dadam ro‘zg‘or ishlarini yengillatuvchi, dehqonchilik va bog‘dorchilikda asqotuvchi buyumlarni ko‘tarib keladigan kishi edi. Har safar uyda janjal dadam ...
21 november 2025
Olimboevalar oilasini chuv tushirgan bloger kuyov 9 yilga qamaldi Mirzo Ulug‘bek tuman sudida 1997 yilda Toshkentda tug‘ilgan, avval sudlanmagan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...