Asosiy mavzular
4 october 2020

25 yoshli o‘zbek aël osma ko‘prikdan yiqilib o‘ldi

Joriy yilning 2 oktyabrida Turkiyada o‘zbekistonlik 25 yoshli Shahnoza Yo‘ldosheva ikkita qoyani birlashtirgan simli osma ko‘prikdan (funikuler) yiqilib o‘ldi.

Turkiyaning Riza viloyati Boshko‘y qishlog‘ida choy barglari terish bilan shug‘ullangan va tergan choylarini tashiëtib 25 metr balandlikdan yiqilgan Shahnozaning ikki bolasi yetim qoldi.

Bu haqda «Eltuz»ga Shahnozani tanigan Turkiyadagi yaqinlari xabar berdi. Ammo Yo‘ldoshevaning O‘zbekistondagi yaqinlari bilan «Eltuz» bog‘lana olmadi.

Fojea qanday ro‘y berdi?

Turkiyaning choy yetishtiriladigan tog‘li Riza bo‘lgasida yo‘l yo‘qligi bois, odamlar sim arqonga osilgan va mahalliy aholi Teleferiğ deb ataydigan qo‘lbola ko‘prikdan foydalanishadi.

Ba'zan funikuler deb ham ataladigan bu qurilma simga osilgan belanchakni eslatadi. Mahalliy aholi bu osma ko‘prikdan yuk tashiydi.

Rizaning Guneysuv elchasi Boshko‘y qishlog‘ida choy terish kabi mashaqqatli mehnat bilan band bo‘lgan Shahnoza Yo‘ldosheva kun bo‘yi tergan choy barglarini qanorga solib, funiuler vagonchasiga yukladi.

O‘zi ham vagonchaga chiqdi. Osma ko‘prikdagi harakatga kelgan troslardan biri chiqib ketgani ortidan Shaxnoza 25 metr chuqurlikdagi jarga qulab, og‘ir jarohat oldi.

Qo‘shnilari bu aëlni kasalxonaga olib borishdi. Shahnoza Yo‘ldosheva shifoxonada jon berdi. Bundan oldin ham ayni qishloq turg‘unlaridan ba'zilari shu qo‘lbola osma ko‘prik belanchagidan tushib o‘lgan edi.

Shahnozalar, shahnozalar…

Turkiya ish izlab xorijga ketaëtgan o‘zbekistonliklar uchun Rossiya va Qozog‘istondan keyingi yirik mehnat bozoriga aylangan.

O‘zbekiston pasporti bilan 90 kungacha vizasiz qolish mumkin bo‘lgan bu mamlakatda hozir qancha o‘zbekistonlik ishlaëtgani haqida aniq ma'lumot yo‘q.

Taxminlarga ko‘ra¸ ular soni bir millionga yaqinlashgan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
10 july 2024
Eltuz Portaliga navbatdagi beshta maktub O‘zbekistonning Toshkent, Farg‘ona va Navoiy viloyatlaridan kelgan. Dastlabki murojaat Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati ...
24 october 2023
Videoda ko‘rganingiz O‘zbekiston Milliy Teleradio Kompaniyasi (MTRK) tizimida 25 yil faoliyat yuritib shu dargohdan pensiyaga chiqqan sobiq rais o‘rinbosari ...
18 december 2017
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lum qilgan ma'lumotlarni tahlil etib, rasmiy matbuotda «Ijtimoiy fikr»ga asoslanib aytilganidek, farovonligimiz yuksalayotganini emas, balki so‘nggi ...
16 february 2017
15 fevral kuni Shavkat Mirziëevga videoshikoyat bilan murojaat qilgan toshkentlik tadbirkor Olim Sulaymonov qamoqqa olindi. Toshkent viloyatining Qibray tumanida ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...