Asosiy mavzular
2 december 2025

Andijonda o‘qituvchilar majburiy mehnatga tortilmoqda

Andijon tumani 35-maktab atrofida 30 noyabr kuni Eltuzda e'lon qilingan shikoyatdan so‘ng vaziyat yanada og‘irlashdi. O‘qituvchilar Eltuzga ikkinchi murojaat yo‘llab, haqiqatni yopish uchun ularga bosim o‘tkazilganini ma'lum qilishdi.

30 noyabrdagi xabarda aytilishicha, Ichki ishlar vaziri tashrifi oldidan o‘qituvchilar majburiy ravishda maktab tozalash ishlariga jalb qilingan. Ularning orasida homilador ustozlar ham bo‘lgan.   

1 dekabrda esa maktabga Ichki ishlar xodimlari kelib, o‘qituvchilardan tushuntirish xati olgan. Ustozlar aytishicha, ular qo‘rqqanidan o‘z xohishlari bilan ishlagani haqida tushuntirish xati yozishga majbur bo‘lganlar. 

Eng yomoni, maktab direktori X. Sharobiddinov o‘qituvchilarni tozalik ishlarini qilmasang ishdan bo‘shataman deb qo‘rqitmoqda. Ustozlar ta'kidlashicha, yangi direktor davrida ham ishdan haydash bilan tahdid qilish doimiy bosim vositasiga aylangan.

Ustoz o‘z vazifasini bajarishi kerakmi yoki maktab hovli supurishi kerakmi?

Qonun majburiy mehnatni taqiqlaydi. Hurmatli rahbarlar esa bu qonunni mensimay, o‘qituvchilarni arzon ishchi kuchiga aylantirishni davom ettirmoqda.

35-maktab o‘qituvchilari Eltuzdan najot kutmoqda. Ular ishidan ayrilmaslik uchun haqiqatni ochiqcha aytishga qo‘rqishadi, ammo ko‘tarilgan muammoga yechim topilmagani ularning tinchini buzgan.

Bu voqea butun ta'lim tizimidagi muammoning ochiq misoli. Ustozni qadrlamas ekanmiz, ta'limdan qanday natija kutamiz?

Tegishli idoralar bu holatga darhol javob berishi, majburiy mehnat va ta'qibni to‘xtatishi shart.

Tag‘in o‘qing
4 september 2018
Shvetsiya poytaxti Stokgolmda 4-sentyabr ertalabdan Gulnora Karimovaga pora berishda ayblanayotgan Telia mobil shirkatining uch nafar sobiq raxbarlari ustidan sud ...
8 march 2018
1910 yili nemis kommunisti Klara Tsetkina 8 martni ayollar kuni sifatida nishonlashni taklif qildi. Ya'ni bu kun ayollar va ...
25 april 2021
Aziz do‘stim, ko‘zlari intizor singlim, mehribon opajonlarim, duogo‘y onaxonlar, yuzidan farishta ëqqan otaxonlar, akalar, ukalar, muqaddas Ramazon oyi muborak!   ...
12 june 2022
Avangard san'atning minglab qimmatli namunalari saqlanaëtgan o‘zbek muzeylari va mamlakatda faol ijod qilaëtgan 500 dan ortiq rassom ijodi O‘zbekiston ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...