Catira
31 january 2018

MXXning sobiq raisi Inoyatov prezident maslahatchisi bo‘ldi

MXXning sobiq raisi Rustam Inoyatov prezidentning siyosiy-huquqiy masalalar bo‘yicha davlat maslahatchisi etib tayinlangan.

O‘zbekiston prezidentining MXX va prokuratura xodimlari ishtirokida 31 yanvar kuni o‘tkazgan selektor yig‘ilishida Inoyatov ishdan bo‘shatilgan, uning o‘rniga shu vaqtgacha Bosh prokuror bo‘lgan Ixtiyor Abdullaev tayinlangan edi.

1995 yilning 26 iyunidan beri O‘zbekiston MXX raisi lavozimini egallab kelgan 74 yoshli Rustam Inoyatovning mavqei Karimov o‘rtadan ketishi bilan zaiflashgani haqida «Eltuz» 2016 yilda ëzgan edi.

2016 yil 27 avgustigacha, ya'ni Karimovning miyasiga qon quyulguniga qadar, O‘zbekistonning so‘nggi 25 yili davomidagi mutlaq rahbari Islom Karimovgagina bo‘ysunib kelgan MXX idorasi va uning raisi qo‘lida asosiy boshqaruv richagi qolgani, «Eltuz» suhbatlashgan mulozimlarga ko‘ra, Mirziëev xavotiriga sabab bo‘lgan.

Hozirda ishdan olingan Rustam Inoyatov nafaqat KGB/MXX, balki mustaqil O‘zbekiston hokimiyat tizimlari tarixida o‘z kursisida eng uzoq o‘tirgan amaldor sifatida tarixda qoldi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
6 november 2016
O‘zbekiston telekanallari «shukuh» so‘zini yaxshi ko‘radi. «Istiqlol shukuhi», «farovonlik shukuhi», «mustaqillik shukuhi», «baxtiyorlik shukuhi»… Xullas, hamma shukuh bor. Faqat ...
22 march 2018
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tomorqa vazirligiga aylantiriladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 17 mart kuni Samarqand viloyati ...
5 july 2018
Bosh prokuratura 5 iyul kuni kattaqo‘rg‘onlik 31 yashar ayolni yechintirib tahqirlagan IIB xodimi, kapitan San'at Umarovga jinoyat ishi ochilgani ...
15 july 2017
Londonda yashovchi o‘zbek akteri, 42 yosh Rashid Shadat (Abdurashid Shodiev) O‘zbekistonda taqiqqa uchragan filmlar yuzasidan Eltuz muxbiriga intervyu berdi. ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...