Asosiy mavzular
3 august 2023

Sobiq maktab direktori: Miltiq bo‘lsa, otib tashlang!

Eltuzga obunachilardan biri Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov va Surxandaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi 28-maktabning sobiq direktori Umida Tursunova o‘rtasida bo‘lib o‘tgan dahanaki tortishuv tasvirlangan videoni yo‘lladi.
Eltuz manbasiga ko‘ra, vidoeoda o‘tgan hafta oxirida bo‘lib o‘tgani aytilayotgan selektr tasvirlangan.
Undan Ulug‘bek Qosimovning Umida Tursunovani 28 maktabdagi ish muhitini buzishda ayblagani anglashiladi.
Viloyat hokimi Umida Tursunovaga qarata “butun dunyoga sharmanda qildingiz” deydi.
Bunga javoban Umida Tursunova viloyat hokimiga asl voqelikdan xabardor emasligini aytadi.
Ulug‘bek Qosimov esa 28 maktabga direktor bo‘lishga Umida Tursunovaning haqqi yo‘qligini aytadi.
O‘z navbatida maktab direktori viloyat hokimiga “miltiq bo‘lsa, otib tashlang,” deya e'tiroz bildiradi.
Dahanaki tortishuv so‘ngida Umida Tursunova ichki ishlar organlari hamrohligida majlis zalidan olib chiqiladi. Chiqib ketarkan u viloyat hokimiga qarata: «Hayf sizga viloyat hokimi!» deya xitob qiladi.
Umida Tursunova o‘tgan yili O‘zbekiston jamoatchiligi e'tiboriga tushgan edi.
Sariosiyo tumanida 28-maktabning o‘qituvchi-xodimlari va direktor o‘rtasida janjal aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarni uyg‘otdi.
O‘shanda maktabdagi ayrim o‘qituvchilar O‘zbekiston rahbariyatiga ochiq murojaat bilan chiqib, Umida Tursunovani ishdan bo‘shatishni talab qilgandilar.
Ko‘p o‘tmay Surxondaryo viloyati xalq ta'limi boshqarmasi Umida Tursunovaning vazifasidan ozod etilganini ma'lum qildi.
Ulug‘bek Qosimov va Umida Tursunova o‘rtasidagi tortishuv afta o‘sha janjalning davomidek ko‘rinmoqda.
Sobiq maktab direktorining taqdiri hozirda Eltuzga aniq ma'lum emas.
Ammo, tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko‘ra, mazkur selektr yig‘ilishidan keyin Umida Tursunova hibsga olingan va u maktabga direktorlik qilgan davr qayta tekshiruvdan o‘tkazilmoqda.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
28 december 2025
So‘nggi 2–3 yil mobaynida O‘zbekistonda ichimlik suvi va kanalizatsiya xizmatlari uchun to‘lovlar bosqichma-bosqich oshirildi. Ayrim hududlarda bu o‘sish 20–30 ...
10 january 2017
Reina tungi klubini qonga belagan va 39 kishini qatl qilgan xujumchiga qatl buyrug‘ini berganlikda gumonlangan Ilës Mamasharipov qo‘lga olindi ...
21 april 2016
Toshkent rasmiylari ekologik harakat faollarining chiqishlariga pinak ham buzmay ommaviy daraxt kesish kampaniyasini davom ettirishmoqda. 19 aprel kuni o‘zbek ...
7 november 2018
Yaqinda Jahon banki tomonidan e'lon qilingan “Biznes yuritish” (Doing business) reytingida O‘zbekiston 76-o‘rinni egalladi. Ya'ni mamlakat o‘tgan yildagi o‘rnidan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...