Vaqt mashinasi
10 january 2026

10 yanvar — Toshkentda Kashmir urushiga chek qo‘ygan tinchlik bitimi imzolandi

1966 yilgi Toshkent uchrashuvi — nafaqat O‘zbekiston, balki dunyo diplomatiyasi tarixidagi eng muhim voqealardan biri hisoblanadi. Ushbu uchrashuv 1965 yildagi Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuv – Ikkinchi Kashmir urushini to‘xtatish maqsadida tashkil etilgan.

Uchrashuv 1966 yilning 4 yanvaridan 10 yanvarigacha davom etgan. Muzokaralarda Hindiston Bosh vaziri Lal Bahodir Shastri, Pokiston prezidenti Muhammad Ayub Xon va rasmiy Toshkent hamda Sovet ittifoqi vakillari vositachi sifatida ishtirok etishgan.

Muzokaralar juda og‘ir kechgan, biroq 10 yanvar kuni tomonlar tinchlik bitimini imzolashga muvaffaq bo‘lishgan. Deklaratsiyaning asosiy bandlarida ko‘zlanganidek, har ikki tomon o‘z qo‘shinlarini urush boshlangunga qadar egallab turgan pozitsiyalariga (1965 yil 5 avgust holatiga) qaytarishga,

Nizolarni kuch ishlatish orqali emas, balki BMT Nizomiga muvofiq tinch yo‘l bilan hal qilish majburiyatini olishga.

Bir-birining ichki ishlariga aralashmaslik va o‘zaro do‘stona aloqalarni tiklashga kelishilgan.

Shuningdek urush paytida asirga olingan harbiylarni qaytarish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

Xalqaro diplomatiyada «Toshkent ruhi» atamasi

Bu uchrashuvdan so‘ng xalqaro diplomatiyada «Toshkent ruhi» iborasi paydo bo‘ldi. Bu — eng murakkab va hal qilib bo‘lmaydigandek ko‘ringan nizolarni ham muzokaralar stoli atrofida, do‘stona muhitda hal qilish mumkinligining ramziga aylandi.

O‘sha vaqtda Toshkent dunyo markaziga aylangan edi. Shaharning mehmonnavozligi va muzokaralar uchun yaratilgan sharoitlar ikki yirik davlat rahbarlari tomonidan yuqori baholangan. Bu voqeadan bir necha oy o‘tib (1966 yil 26 aprel) Toshkentda kuchli zilzila yuz berganda, Hindiston va Pokiston ham shaharni qayta tiklashda ishtirok etishgan.

Tag‘in o‘qing
4 october 2025
Bugun o‘zbeklar qo‘shiq qilib kuylayotgan, tarmoqdagi qisqa rilzlarda takror va takror miyamizning qatig‘ini chiqarayotgan maza matrasiz she'r misralarini beixtiyor ...
28 october 2025
O‘g‘uz va Gulnor bir-biriga qaradi. O‘g‘uz Gulnorning ko‘zlarida hech qachon ko‘rmagan bir porlashni ko‘rdi. Ismoillidagi rasmiy ziyoratdan so‘ng, o‘rmonda ...
5 september 2019
Mustaqillik bayrami nishonlangan 1 sentyabr kechasi, Toshkent rasmiylariga ko‘ra, shahar ko‘chalariga o‘rnatilgan bayroqlardan 2000 tadan ortig‘i o‘g‘irlangan. Yetkazilgan zarar ...
18 january 2026
Maktabda o‘qituvchi bolalardan so‘rabdi: — Bolalar, ayting-chi, «Davlat byudjeti» nima degani? Salimjon javob beribdi: — Ustoz, Davlat byudjeti — ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...