Asosiy mavzular
1 november 2021

Toshkentda Shuhrat Bobojonning shaxsiy ko‘rgazmasi ochildi

Toshkentdagi “Hamar” badiiy galereyasi ko‘rgazmalar zalida 1 noyabr kuni taniqli rassom Shuhrat Bobojon asarlari ko‘rgazmasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. “Gilamda aks etgan urush» (War on carpet) deya nomlangan muhtasham ko‘rgazmadan rassomning turli davrlarda chizgan 40 ga yaqin rangtasvir asari o‘rin oldi.

Ko‘rgazma ochilishida ishtirok etayotgan, oradan o‘ttiz yil o‘tib ilk bor Toshkentga kelgan Shuhrat Bobojonning aytishicha, ko‘rgazmaga O‘zbekistondagilardan tashqari hozir dunyoning ko‘plab muzeylarida va kollektsionerlar shaxsiy fondida saqlanayotgan tasviriy san'at asarlari qo‘yilgan.  

“Dunëdagi dolzarb voqealar faqat OAVda emas, balki tasviriy san'at asarlarida ham o‘z aksini topadi. Ko‘rgazmada rassom Shuhrat Bobojonning 1983 yildan to 2021 yilgacha yaratgan asarlari namoyish qilinadi. Bu asarlarda dunëda yuz bergan voqealarga (11 sentyabr fojeasi kabi) ishoratlar bor», deyiladi ko‘rgazma kontseptsiyasida.

Ko‘rgazma kontseptsiyasiga ko‘ra, rassom asarlarida atrofda kechayotgan shiddatli voqealarning sub'ektiv manzarasi aks etgan.

«Tosh davrida yashagan eng birinchi rassom g‘or devorlariga o‘zi ko‘rgan voqealarni chizib qo‘ygan. Bu rasmlarda qo‘lida qurol bilan ov qilaëtgan odamlar aks etgan. Keyinchalik miniatyura¸ keramika va to‘qimachilik mahsulotlari, xususan, gilamlarda ham qurolli odamlar tasvirlari paydo bo‘ldi. Kamondan o‘q otaëttan va qilich ushlaganlar tasviri bu asarlar bosh mavzusi edi», deya tushuntirishga harakat qiladi rassom o‘z asarlarining kontseptual mohiyatini.

Ko‘rgazmalar zaliga qo‘yilgan asarlarning bir qismi Urganch davlat suratlar galereyasi fondidan keltirilgan. Ko‘rgazma tashkilotchilaridan biri bugungi kunda “Hamar” badiiy galereyada ishlayotgan rassom Shirin Toshevadir.

Ko‘rgazmani tashkil qilishda uning hissasi katta bo‘ldi. Bu bejiz emas. 2016 yilning dekabrida Xorazm viloyatidagi mahalliy amaldorlar va MXX xodimlari Shuhrat Bobojonning san'at asarlarini yoqib yuborish kerakligini aytib, tahdid qilishgan edi.

O‘sha yili ishdan bo‘shatilgan galereya bosh muhofizi Shirin Toshevaning jasurligi va madaniy qadriyatlarni himoya qilishga sadoqati tufayligina ular saqlab qolingan.

“Nihoyat, uzoq yillar surgunda yurgan rassomning chorak asr taqiqda bo‘lgan asarlari «Hamar» ko‘rgazmalar zalida namoyish qilinmoqda. Faqat mirziyoevcha iliqlik tufayli u Toshkentga kelib o‘zining shaxsiy ko‘rgazmasini ochmoqda. Rassomning bu yo‘li uzoq bo‘ldi. Uning o‘zi aytganidek, “toshlarni terish davri” kelmoqda”, dedi ijtimoiy tarmoqda ko‘rgazma haqidagi o‘z fikrlarini qoldirgan taniqli rassom va davlat arbobi Tursunali Qo‘ziev.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
5 october 2018
«Ularning gimn bilan shug‘ulanmoqdan boshqa ishi yo‘q deb o‘ylaganmiding? Ertaga ham meni bu yerga yetaklab keladigan bo‘lsang, bugungidan besh ...
20 november 2025
Simob va uni o‘z ichiga olgan birikmalarni erkin sotish, sotib olish, saqlash yoki undan maishiy sharoitda foydalanishga ruxsat berilmaydi. ...
7 december 2018
Osiyo tennis federatsiyasining 1 dekabr kuni Filippin poytaxti Manilada o‘tgan yillik kongressida O‘zbekiston maxsus xizmatining sobiq raisi Rustam Inoyatov ...
7 december 2018
Aka-uka Bobojonovlarning uylarini musodara qilish qarorini Urganch tumani sudi o‘z kuchida qoldirishi ortidan 5 dekabr kuni jurnalistlarning advokati ishni ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...