Asosiy mavzular
6 january 2026

70 $ ming pora bilan ushlangan amaldor nega yengil jazo oldi?

O‘zbekistonda poraxo‘rlikka qarshi kurash davlat siyosati darajasida e'lon qilingan. Lekin ayrim jinoyat ishlari borki, oradan yillar o‘tgan bo‘lsa-da, ular bo‘yicha chiqarilgan hukmlar jamoatchilikda hanuz savol uyg‘otadi. 2022 yilda Xorazm viloyatida ko‘rilgan bir poraxo‘rlik ishi shular jumlasidan.

2022 yil oktyabrida Urganch tumani hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Rustam Achilov bir tadbirkorga 100 gektar yer maydoni ajratib berishni va'da qilib, 70 ming AQSh dollari miqdorida pora olayotgan vaqtda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ushlangan.

Mazkur ish Ellikqal'a tuman sudida ko‘rib chiqilgan. Sud qarori bilan Achilovga nisbatan Jinoyat kodeksining 57-moddasi qo‘llanilib, ozodlikdan mahrum qilish o‘rniga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan. 70 ming dollar pora uchun bunday yengil jazo tayinlanishi o‘sha paytda ham ko‘plab e'tirozlarga sabab bo‘lgan.

E'tiborli jihati shundaki, Rustam Achilov Xorazm viloyati sudining sobiq raisi Bahodir Polvonovga xotin tomondan qarindosh hisoblanadi. Achilov Rustamboy – chechamizning amakisi. Bu holat sud qarorining xolisligiga ta'sir qilgan-qilmagani haqida ochiq javob berilmagan.

Solishtirish uchun yana bir holatga nazar tashlaylik. Tuproqqal'a tumanida Ekologiya bo‘limi boshlig‘i va bio-inspektor atigi 835 ming so‘m pora bilan qo‘lga tushgan. Ushbu ish bo‘yicha sud ularga nisbatan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan. Pora miqdori o‘nlab, hatto yuzlab barobar kam bo‘lsa-da, jazo keskinroq bo‘lgan.

Bu yerda tabiiy savol tug‘iladi: nega katta miqdorda pora olgan mansabdor yengil jazo bilan qutulib ketgan, ancha kam mablag‘ uchun esa qattiq hukm chiqarilgan?

Jamoatchilik orasida Rustam Achilov haqida turli gap-so‘zlar yuradi. Urganch shahridagi «Dunyo» va «Saltanat» to‘yxonalari, katta hovli-joylar aynan unga tegishli ekani aytiladi. Shunday bo‘lsa-da, u bir necha bor tilga olinganiga qaramay, og‘ir jazodan qochib qolgani haqida qarashlar mavjud.

Adolatli jamiyatda jazo jinoyatga mutanosib bo‘lishi shart. Bu – huquqiy davlatning asosiy mezonlaridan biri. Lekin ushbu holatda jamiyat orasida qadimdan aytiladigan bir gap yana o‘z tasdig‘ini topgandek: poraxo‘r jazodan qutulish uchun ko‘proq pora olishi kerak.

Tag‘in o‘qing
17 january 2024
Umri kresloda mudrab o‘tadigan falaj o‘zbek parlamenti ilkis «tirilib» ekologiya vaziriga qarab prezident aytmoqchi «vovullabdi». Kesakdan uchqun chiqishiga ishonsam ...
10 april 2017
Raxmat Akilov telegram tarmog‘idagi ëzuvlari oshkor qilindi. Aqilov doimiy ravishda ijtimoiy tarmoqlarda IShID tarafdorlari yoki a'zolari bilan aloqada bo‘lgan. ...
27 august 2019
Rasman e'lon qilingan ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston YaIM qariyb 50 milliard dollarni tashkil etadi. Markaziy bank raisiga ishonsak esa YaIM ...
3 april 2018
O‘zbek jurnalisti va yozuvchisi Hamid Ismoilov davlat uni «demokratik tendentsiyalarga mos kelmaydi» deb topganidan so‘ng 1992 yilda O‘zbekistondan qochishga ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...