Asosiy mavzular
14 december 2016

O‘zbekistonga Abdulla Oripov Bosh vazir bo‘ldi

O‘zbekiston Oliy Majlisi senati va Qonunchilik palatasining qo‘shma majlisida Abdulla Oripov nomzodi Bosh vazirlikka tasdiqlandi.

Telekommunikatsiya sohasidagi korruptsiyalar bois ishdan ketgan va Karimov o‘limidan so‘ng hukumat tarkibiga qaytgan 55 yoshli Aripov nomzodi Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan taklif etilgani aytiladi hukumat nashlari tarqatgan xabarlarda.

Senat majlisida shuningdek, Mirziyoev Bosh vazir lavozimidan ozod qilindi, hukumatning butun tarkibi bilan iste'foga chiqarildi.

Xalqaro poraxo‘rlik ishidagi korruptsionerlarning biri

Abdulla Oripov 2012 yili o‘zbek telekom tizimidagi prezidentning qizi Gulnora Karimov dohil poraxo‘rlik mojarosi sabab ishdan chetlatilgan edi.

Korruptsion bitimlar tuzish tashabbusi prezident Karimovning qiziga tegishli bo‘lsada, ofshor shirkatlarga keyinchalik rasman xalqaro mobil operatorlariga sotish uchun chastota va litsenziyalarni ajratish o‘sha vaqtda Abdulla Oripov rahbarlik qilayotgan O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi buyrug‘i bilan rasmiylashtirilishi, shuningdek bunga Bosh vazirning o‘zi ijozat berishi kerak edi.

Bu o‘rinda shaxsiy javobgarlik aloqa va axborotlashtirish agentligi o‘sha paytdagi rahbari, telekommunikatsiya sektoridagi korruptsion mojarolar sababli 2012 yilda bosh vazir o‘rinbosari mansabidan quvilgan, joriy yilda hukumat safiga tiklanib, 2016 yilning 14 dekabrida bosh vazir lavozimiga tayinlangan Abdulla Oripov zimmasiga tushadi.

Abdulla Oripovning hukumat raxbari etib saylanishiga Senat zalidagi 92 Senat a'zosining 83 nafari va Qonunchilik palatasining 142 deputatidan 124 nafari ovoz bergani bildiriladi bugungi hukumat xabarlarida.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
14 november 2025
Gulnor xayolga o‘xshagan bu g‘aroyib yerga qanday kelib qolganini tushunolmay garang edi. Bo‘ri uvlashi, yashil ko‘zlar va kulrang yollarni ...
10 october 2022
Samarqand shahrida yashovchi Safarov Aminjonni bolg‘a va tesha bilan urib o‘ldirib murdasini uning Spark avtomobiliga qo‘shib yoqib yuborgan jomboylik ...
12 april 2019
Bugungi kunda O‘zbekistonda bir-biriga potentsial dushman bo‘lgan va bir-birini shantaj qilishga tayër 33 million odam bor degim keladi. O‘zini ...
2 march 2023
Bugun men uchun va men mansub bo‘lgan millat uchun aziz inson – Sovet Ittifoqining ilk va so‘nggi prezidenti Mixail ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...