Asosiy mavzular
27 september 2019

RTdan va'z: Kitob o‘qigani uchun shoiri qamalgan davlat

Shu kunlarda hafsalam pirdir – aytganlarim nafcilambirdir. Qattiqroq gapirmaslik uchun ertak aytsam. Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bittasi bakovul, qolgani yasovul ekan. Xullas, Gurlan degan joyda bir bo‘g‘irsoq yashar ekan. Shu mamlakat podshosi shu bo‘g‘irsoqni yeb qo‘ysam, deb qasd qilgan ekan.

O‘z qasdini qonunga ham
biroz to‘g‘rilamoq bo‘lib,
Qichqiribdi bo‘g‘irsoqqa
podshoh ko‘zi qonga to‘lib.
Sen iflosni bilaman man,
uch yil burun juda dag‘al
bir gap qilib eding menga,
ko‘rsataman endi senga.

Ya'ni podshohning keti taxtga svarka bo‘lganiga 3 yil bo‘lgan ekan.
Bo‘g‘irsoq ko‘rsaki, unga kun yo‘q. Hayo huyt deb yo‘lga chiqibdi.
Bo‘g‘irsoqning o‘zicha yurish qilgani podshohga ëqmabdi. O‘rmondagi hayvonlarni uning yo‘lini to‘sishga buyuribdi.

Avval quën bo‘g‘irsoqning yo‘lini to‘sibdi. Bo‘g‘irsoq quënga topishmoq aytibdi.

– Chopsang chopilmaydi, otsang otilmaydi – bu nima?
Quën javob topa olmay karaxt bo‘lib qolibdi.

Endi yo‘lni bo‘ri to‘sibdi. «Ey bo‘g‘irsoq, nima qilasan yurish qilib, uyda o‘tirsang bo‘lmaydimi», debdi bo‘ri.

Bo‘g‘irsoq bo‘riga she'r o‘qib bergan ekan, bo‘rining boshi she'r mag‘zini chaqa olmay, tormoz bo‘lib qolibdi.

Bo‘g‘irsoqning yo‘lini to‘sish buyurilgan ayiqpolvonning o‘zi o‘rmonda adashib ketibdi.

Bo‘g‘irsoq o‘z yo‘lida ketaveribdi. Podshoh bo‘g‘irsoqning oldiga ayër tulkini yuboribdi.

Tulki bo‘g‘irsoqqa yaxshi muomala qilib, “Menga ham she'r o‘qib ber”, debdi.

Bo‘g‘irsoq endi she'r o‘qiy boshlagan ekan, tulki “Qulog‘im yaxshi eshitmadi, tumshug‘imga chiqib ayt”, debdi.

Bo‘g‘irsoq tulkining tumshug‘iga chiqibdi. Tulki bo‘lsa, “Endi tilimga chiqib, she'r ayt”, debdi.

Tulkining tiliga chiqib she'r aytibdi bo‘g‘irsoq bechora. Ayër tulki bo‘lsa bo‘g‘irsoqni yeb qo‘yibdi.

Ertakdan xulosa – tulkining gapiga ishonmang.

Ertagimiz shu yerda tugadi. Endi yosh bolalar bo‘lsa, siyib kelib uxlasin.  Qolgan gapimiz aqli-hushi joyida bo‘lgan kattalarga atalgan.

Albatta, bu ertak shu kunlarda o‘z haqini talab qilib yurish qilgani ortidan 10 kunga qamalgan shoir Mahmud Rajab taqdiriga yo‘g‘on ishorat ekanligini aqli-hushi joyida bo‘lgan kattalar tushunib yetdi. Zotan, shoirning kitobini o‘qigan yana bir shoir ustidan jinoyat ishi ochgan davlat mutlaqo razil va jirkanch davlatdir.

Mahmud Rajab isënidan bir necha saboq chiqdi: tuxumdan chiqiboq hukumat oxuridan yem yeya boshlagan “bloger”larning sariq chaqalik qiymati yo‘qligi yaqqol ko‘rindi… Qahhorov-mahhorov, xushnud-pushnud va pechkachilar. Grosh vam tsena!

Akkreditatsiya olib qiyshanglagan muxbir opayu va boshqa otinu qori taqsirlarning yetib kelgan somonxonasi aniq bo‘ldi.

Ikkinchi saboq esa: “Haqiqat uchun yurish mumkin. Hech bo‘lmasa 50 kilometr. Buning uchun otmaydilar, osmaydilar. Maksimum ichki ishlar bo‘limiga olib borishadi va oxir-oqibat Mahmud Rajab yana qahramon bo‘lib qolaveradi».

Uchinchi saboq shuki, prezident aytgan o‘zgarish va ochiqlik siësati ëlg‘on va cho‘pchak bo‘lib chiqdi. Mirziëev safsataboz, bir “samozvanets”.

To‘rtinchi saboq “Mirziëev – islohotchi» deya ishonishni istaëtgan jahon jamoatchiligi vakillari uchundir. Ular endi bu “islohotchi”ga ishonishmaydi. Mahmud Rajab haqida bugunning o‘zida Varshava, Berlin va Jenevadagi majlislarda gapirildi. Yana gapiriladi.

Kitob o‘qigani uchun shoirni qamagan davlatga sayyoh ham kelmaydi.

Beshinchi saboq esa budir: bu to‘da hali ham millat bo‘lib shakllanmadi. Molday yeb, ëtgan yeriga tezaklaydigan bu qavm boshiga ne falokat kelsa – oz.

Urganch milisa idorasiga qamalib tergalaëtgan 12 kishi – millat.
Qolganlar – aholi.

Tuningiz xayrli bo‘lmasin, zotan, ertangiz qorong‘u. Topgan-tutganingiz prezident kuëvlari ko‘ngilxushligi uchun sarf bo‘ladi.
Chao pompidu – Kurva Kokain.

Gapning qisqasi: bloger va jurnalistlar uchun Mahmud Rajab voqeasi bir imtihon bo‘ldi.  Ular bu imtihonda o‘ta olishmadi.

Martin Lyuter King Atlantadan Vashingtonga qarab yo‘lga chiqqanida ënida 200 kishi bor edi. U manzilga yetganida esa safdoshlari soni 200 ming kishiga yetgandi. Shu bois, Amerikaning qora tanli aholisi yelkasiga oftob tegdi. Shu bois, Amerika Qo‘shma Shtatlari hamma borishga intiladigan magnit mamlakat bo‘lib turibdi.

Bizda-chi?

Mahmud Rajab yo‘lga chiqqanida mamlakatdagi biomassa “Qachon qamarkan bu aktiv amakini”, deb passiv kuzatib turdi.

Boz ustiga, “Bu shoir akamiz anavi qonuni buzdi, taqiqlangan kitobni nega o‘qiydi, yuravermaydimi bizga o‘xshab qul bo‘lib”, deydigan aqllilar urchidi. Yana jahlim chiqib 33 millionlik o‘siroq biomassaning go‘riga g‘isht qalavormaslik uchun ertak ayta qolay.

Ertaklar – yaxshilikka yetaklar. Ertak bilan boshladim, ertak bilan tugataman.

Xullas, Susambil yurtida qizlar bakovul, kuëvlar yasovul, qolganlar qaqimchi, DXX esa chaqimchi ekan.

Shahar chetida bir propiskasi yo‘q sayroqi bulbul yashagan ekan. Soprano barxat degan ovozda kuylar ekan.

Bulbul ëng‘oq daraxti ustida sayrab, xonishlar qilibdi. U sayrashga shu qadar berilganidan ëniga qarg‘a kelib qo‘nganini sezmadiyam. Qarg‘a qarg‘alikdan tashqari maxsus idorada ishlardi.

— Ey, bulbul. Mening oldimda qayg‘uli qo‘shiq kuylashga uyalmadingmi? Boshqa sayrama endi. Ëqmaydi ovozing! — qag‘illabdi qarg‘a.

Bulbul bu gapdan karaxt bo‘libdi. Nahotki dunyoda bulbul xonishi ëqmaydigan jonzot bo‘lsa, deb jahl qilibdi:

— Yer yutsin seni. Odamlar mening sayrashimdan mast bo‘lishadi. Oltin qafasda saqlab, eng yaxshi don bilan boqishadi.

— O‘zingni bos! — dedi qarg‘a. — Shahardagi aqlli bir olimga ijmo qildiramiz. Olim kim yaxshi sayrashini kitob ko‘rib aytib beradi. Ammo yutqazganning ko‘zi o‘yiladi.

Bulbul rozi bo‘libdi.

Ular shaharga uchib kelib, botqoqda ëtgan to‘ng‘izni ko‘rishibdi. U to‘ng‘iz bo‘lsa ham shahar propiskasiga ega edi va adabiëtni ekspertiza qiladigan komissiya a'zosi edi.

— Bizga hakamlik qil, to‘ng‘iz. Ayt, kim yaxshi sayraydi?
— Albatta, qarg‘a yaxshi sayraydi, – javob beribdi to‘ng‘iz. — Qarg‘aning ovozi yaxshi, saviyadagi bariton bas ovozdir !

Bahsda yutgan qarg‘a bulbulning ko‘zini o‘yib olibdi.
Bulbul bo‘lsa yana qaytib, ëng‘oq daraxtiga qo‘nib, ma'yuslik va huzun bilan uzoq sayrabdi.

Qarg‘a uchib kelib so‘rabdi:

— Ey, ahmoq bulbul. Sen yutqazuvding-ku. Yana nimadan qayg‘udasan?

— Ko‘zim o‘yilganidan g‘amgin emasman. Men sen kabi mulozim qarg‘aning gapiga ishonib to‘ng‘izga hakamlikni topshirganimdan ma'yusman. Axir to‘ng‘iz to‘ng‘izligicha qolaveradi-ku. U qo‘shiq va she'rning qiymatini qaerdan bilsin?

Assalom, O‘zbekiston, juma muborak!

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
23 september 2025
O‘zbekistonda bolalar va inson organlari savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar soni ortib bormoqda. Bu haqda «Eltuz» messenjeriga kelayotgan xabarlar hamda ...
9 january 2022
Oqto‘ba Viloyat ichki ishlar boshqarmasi ikki nafar shaxsni “ommaviy tartibsizliklar uyushtirish” aybi bilan hibsga oldi, to‘qqiz kishiga nisbatan jinoyat ...
13 january 2021
Kun.uz professionallarni ishga qabul qilar emish. Katta maosh, ikki mahal ovqat. Sihatgohning o‘zi-ya! Bunday ishxonani qaerdan topasiz! Orzuga ayb ...
12 may 2023
RT: Siz bilan  yana gurunglashish nasib etganidan ichimga sig‘may sevinib o‘tiribman.  MS: Nichiksizlar jollimisizlar mo‘chchi bika ham xo‘jik birrilar Bormisiz, ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...